Pedagogik mahorat milliy instituti mazmunan o‘zgardi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-sentabr kuni Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutiga tashrif buyurib, yangilangan sharoitlar bilan tanishdi.
Soʻng yurtimizning turli hududlarida faoliyat yuritayotgan maktab oʻqituvchilari va direktorlari oʻz fikr-mulohazalari bilan oʻrtoqlashdilar, taklif va tashabbuslarini aytdilar.