Joriy yilning oktyabr oyidan boshlab "Uzbekistan GTL" zavodida oʻta past haroratlarga bardoshli arktik turdagi GTL dizel mahsulotlari ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.
Xabaringiz bor, Qashqadaryoda boʻlib oʻtgan press turda “Uzbekistan GTL” zavodi tomonidan ishlab chiqarilayotgan “premium” toifada tasniflanuvchi sintetik dizel mahsulotini Yevropa va boshqa chet el davlatlariga eksport qilish jarayonlari boshlanishi haqida maʼlumot berilgan edi.
Joriy yilning 12 iyulidan boshlab Respublika tovar-xomashyo birjasi orqali sotuvga qo‘yiladigan sintetik dizel yoqilg‘isi bir tonnasining boshlang‘ich narxi 10 116 972 so‘mdan 9 499 953,08 so‘mgacha arzonlashtirildi.
Joriy yilning 28-29-oktyabr kunlari “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumanida joylashgan “Uzbekistan GTL” korxonasida “Ta’lim - ishlab chiqarish klasterida yoshlarning o‘rni” mavzusida Respublika ilmiy-texnikaviy anjumani o‘tkazilmoqda.
“Uzbekistan GTL” zavodi “2022 Platts Global Energy Awards” – AQSHning “S&P Global” nufuzli hakamlar hayʼati tomonidan “Uglevodorodlarni qayta ishlash sohasi va kimyo sanoatidagi ulkan yutuqlari uchun” nominatsiyasida dunyoning yetakchi korxonalari qatorida nomzod sifatida tanlandi.
Bu haqda “O'zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
“Oʻzbekneftegaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi “Ishchi guruh” aʼzolari sintetik yoqilgʻi mahsulotlarini ishlab chiqarilishi holati oʻrganish maqsadida “Uzbekistan GTL” zavodida boʻldi.
Bayram arafasida OʻzRTXB orqali sotuvga chiqariladigan sintetik dizel yonilgʻisining 1 tonnasi boshlangʻich narxi 14 504 378 soʻmgacha arzonlashtirilishi belgilandi.
Choʻl bagʻrida qad rostlagan, dunyodagi eng gigant korxonalardan biri boʻlgan “Uzbekistan GTL” zavodida shu yil iyun oyining ikkinchi yarmida asosiy xomashyo hisoblangan sintez gaz tayyorlanishi yoʻlga qoʻyilib, sintetik neft hosil qilindi va uning asosida dizel yonilgʻiini ishlab chiqarish boshlandi. Kuni kecha esa, tayyorlangan 6000 tonnadan ziyod GTL naftasi uchinchi mahsulot sifatida ular safini toʻldirdi.
“Uzbekistan GTL” zavodida shu yil iyun oyining ikkinchi yarmida dastavval asosiy xomashyo hisoblangan sintez-gaz ishlab chiqarilishi toʻlaqonli yoʻlga qoʻyilib, undan sintetik neftning birinchi partiyasi hosil qilindi, uning asosida oradan yarim oy oʻtib, sintetik dizel mahsuloti olindi.