Statsionarda sharoitda davolanayotganlarning 2 ming 935 nafarining ahvoli qoniqarli, 229 nafari ogʻir, 133 nafari oʻta ogʻir ahvolda.
Epidemiologik vaziyat barqarorligini taʼminlash va axborotlarni muvofiqlashtirish maqsadida Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi va tumanlarda hududiy shtablar tashkil etildi. Uyda davolanayotgan bemorlar va karantinga olingan shaxslarga tibbiy maslahat va axborot berish uchun onlayn poliklinika faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Tumanlarda 157 ta mobil guruhlar faoliyati qayta tiklandi.
13-yanvardan tumanlarda tun-u kun faoliyat koʻrsatadigan 12 ta ixtisoslashtirilgan maxsus kovid poliklinikalari ish boshladi.
17-yanvar kuni ishchi guruhlar tomonidan 305 ta tadbirkorlik subyekti va 203 ta byudjet tashkilotida tekshiruvlar oʻtkazildi. Natijada tadbirkorlik subyektlarining 359 nafar, byudjet tashkilotlarining 885 nafar xodimi vaksina olmagani aniqlandi.
Vaksina olmagan 1 ming 44 nafar xodim vaqtinchalik ishdan chetlatildi, 200 nafariga jarimalar qoʻllanildi, 1 ta obyektning ish faoliyati vaqtinchalik toʻxtatildi.
Bundan tashqari, Milliy gvardiya tomonidan Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan 65 ta bozor, 31 ta istirohat bogʻi va xiyobonlar, 46 ta ommaviy tadbirlar oʻtkaziladigan obyektlar, 22 ta stadion va sport majmualari, 6 ta yirik savdo markazi va 131 ta jomeʼ masjidida fuqarolarga karantin qoidalariga rioya qilish yuzasidan targʻibot-tashviqot ishlari amalga oshirildi.
Mazkur chora-tadbirlar poytaxtimiz aholisi oʻrtasida koronavirus infeksiyasi keng tarqalishining oldini olishga qaratilgan boʻlib, barcha fuqarolardan karantin talablari va sanitariya-gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya qilish soʻraladi. Bu haqda OʻzA xabar berdi.
.