Vaksinalarni shpritssiz yuborish imkonini beruvchi plastir ishlab chiqildi

    Rossiya texnologiya universiteti – MIREA mutaxassislari odamlarga dori-darmonlarni inyeksiyalarsiz yuborish imkonini beruvchi istiqbolli texnologiyani ishlab chiqishdi.

    Aniqlik kiritilishicha, bunda shpritslar qalinligi 0,6 millimetrgacha kichik ignallar bilan almashtiriladi, ular terining shox pardasidan osongina o'tadi va asab tugunlariga ta'sir qilmaydi.

    Ushbu usul mutlaqo og'riqsiz va juda samarali bo'lib, ayniqsa bolalarni emlashda qulaylik yaratadi.

    Universitet mutaxassislarining fikriga ko'ra, kelajakda bunday kichik ignali plastirlar an'anaviy inyektsiyalarning o'rnini bosadi. Bundan tashqari, teriga kirgandan so'ng, kichik ignalar tez eriydi va dori-darmonlar va turli xil vaksinalarni qo'llashda yaxshi samara beradi.

    Endi universitet olimlari uni ommaviy ishlab chiqarishni boshlash uchun loyihani takomillashtirish ustida ish olib boradi, deb xabar beradi techcult.ru.