Hisobotdan ma'lum bo'lishicha, ushbu o'n yillikning oxiriga kelib nafaqat neftga, balki gaz va ko'mirga ham talab eng yuqori cho'qqiga chiqadi. Keyin rivojlangan mamlakatlarda energiya iste'moli kamayib, rivojlanayotgan mamlakatlarda ko'payadigan taxminan 20 yillik davr keladi. Binobarin, konlarni qidirishga investitsiyalarni qisqartirish, ishlab chiqarishga investitsiyalarni ko'paytirmaslik kerak, deyiladi hujjatda.
2030-yilga borib, elektr transport vositalarining global parki 10 baravar ko'payadi, qayta tiklanadigan energiyaning global ishlab chiqarishdagi ulushi hozirgi 30 foizdan 50 foizga oshadi. Issiqlik nasoslari savdosi gaz qozonlari sotishga qaraganda oshadi, deb xabar beradi tengrinews.kz.
Bu vaqtga kelib Rossiyaning jahon gaz savdosidagi ulushi ikki baravarga – 30 foizdan 15 foizgacha kamayadi. Bozorda Qatar va AQSh yetakchilik qiladi. Dunyoning qayta tiklanadigan energiyaga yakuniy burilish hozirgacha ham neft, ham ko'mir iste'molini oshirayotgan Xitoyga bog'liq bo'ladi.
“Toza energiyaga o'tish hamma joyda sodir bo'lmoqda va uni endi to'xtatib bo'lmaydi. Endi gap “agar” emas, balki “qanchalik tez” degan savolda qolmoqda. Qanchalik tezroq bo'lsa, shuncha yaxshi”, deydi agentligining ijrochi direktori Fotih Birol.