Yangi Oʻzbekiston yoshlariga yaratilayotgan yangi imkoniyatlar Renessans poydevori

    Mamlakatimizda 26 Dekabr 2020 42489

    Sizlar koʻp kitob oʻqigan, bilimli avlod sifatida yurtimiz oʻtmishda jahon sivizilizatsiyasi beshiklaridan biri boʻlganini yaxshi bilasiz. Siz Xorazmiylar, Fargʻoniylar, Beruniy va Ibn Sino, Ulugʻbek, Navoiy va Boburlar, Buxoriylar, Termiziylar avlodisiz. Ana shunday buyuk vatandoshlarimiz yaratgan bebaho bilim va kashfiyotlar bugun ham butun insoniyatga xizmat qilmoqda.

    Shavkat Mirziyoyev

    Maʼlumki, Oʻzbekiton yoshlar mamlakati. Davlatimiz siyosati ham har tomonlama yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga aratilganini barchamiz guvohimiz. Men yillar davomida taʼlim sohasida faoliyat yuritar ekanman, bugungi yaratilayotgan shart-sharoitlr, imkoniyatlarni koʻrib rostini aytsam, rosa xursandman.

    Ikkinchidan huquqshunos sifatida ham koʻtarinki kayfiyatda ushbu maqolani yozayotganimdan sabab shuki, har bir amalga oshirialyotgan islohotlarda yoshlar huquqi kafolatlanganligidir. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining «Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari toʻgʻrisida“gi Qonunida yoshlarni huquqiy va ijtimoiy muhofaza qilish, isteʼdodini qoʻllab-quvvatlash masalalari qamrab olingan boʻlsa, ”Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida"gi Qonunda hokimiyat va boshqaruv organlarining bu boradagi vakolatlari hamda sohaga doir boshqa ijtimoiy munosabatlar huquqiy tartibga solingan.

    Shuningdek, Konstitutsiyamizning 41-moddasida bepul umumiy taʼlim olish huquqining yoshlar uchun kafolatlangani ham eʼtiborga molikdir. Shaxsning bilim olishga boʻlgan huquqi Asosiy Qonunimiz asosida qabul qilingan “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ham mustahkamlab qoʻyilgan. Yoshlar oʻz iqtidor va isteʼdodlarini toʻla namoyon etishga haqlidirlar.

    42-moddada esa har kimga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi, davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga gʻamxoʻrlik qilishi belgilangan. Mana shularning mantiqiy davomi sifatida prezident maktablari, Temurbeklar maktabi, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda yoshlarga berilayotgan zamonaviy taʼlim-tarbiya Yangi Renessansning mustahkam poydevori boʻlsa, oliy taʼlim sohasidagi islohotlar va imkoniyatlar ustunidir.

    Shu uchun ham, bu borada qator meʼyoriy-huquqiy hujjatlar ishlab chiqildiki, ular yoshlar intilish va iqtidorlarini qoʻllab-quvvatlash, ragʻbatlantirishga oid, rahbar kadrlarning boshqaruv salohiyatini yuksaltirish yangi qadam va yangi tizimni shakllantirdi.Quvonarli tomoni shundaki, zamon talablari va ijtimoiyiqtisodiy oʻzgarishlar sharoitida bugungi yoshlar talab va ehtiyojlarini oʻrganib, yangidan yangi imtiyoz va imkoniyatlar eshigi ochib berilmoqda. Yangi yoshlar siyosatini qurishda mamlakat Prezidentining shaxsan ishtirokini alohida taʼkidlash kerak.

    Davlat rahbari tomonidan yosh avlodni shakllantirishning dastlabki pallasida tarbiya masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Jumladan, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev deyarli barcha islohotlarning bardavomligini yoshlarni qoʻllab-quvvatlash siyosatida koʻrayotganining yaqqol tasdigʻi sifatida boshlangʻich, oʻrta va oliy taʼlim islohotidir.Bu islohotlarning yutugʻi esa, bu sohadagi korrupsiyaga qarshi kurashni, hamda yoshlarning davlat va qonunlarga ishonchini ortirmoqda.

    Xorijiy taʼlim muassasalaridan oʻzimizdagi oliy taʼlim oʻquv yurtlariga oʻqishini koʻchirish, test jarayotnlari, bir vaqtning oʻzida 5 ta OTMda bilimini sinab koʻrish masalalalri buning yorqin misolidir.

    Bugungi kunda kadrlar huquqiy madaniyatini oshirish yoʻlida koʻp yillik mehnat stajiga ega boʻlib, rahbar davzimlarida ishlabyurgan yoshlar imtiyozli magistratura bosqichida oʻqishga tavsiya etish borasidagi hukumat qarorlari ham diqqatga sazovor.

    Kuni-kecha davlatimiz rahbarining yoshlr bilan uchrashuvida ham yana yangi imkoniyatlar tilga olindiki, bu Yangi Oʻzbekitondagi yoshlarimizning dunyoqarashini ham tubdan oʻzgaritirishga asos boʻldi..Jumladan, ulardan biri keyingi yildan oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarida eng yuqori ball toʻplagan 200 nafar yosh uchun Prezident granti joriy etiladi. Shuningdek, ikki va undan ortiq farzandi oliy oʻquv yurtida shartnoma asosida oʻqiyotgan oilalarga imtiyozli taʼlim krediti berish yoʻlga qoʻyiladi. Yoshlarimizning nufuzli xorijiy oliy oʻquv yurtlarida tahsil olishi uchun koʻmaklashishga alohida eʼtibor qaratamiz.

    Jumladan, xalqaro taʼlim dasturlari boʻyicha eng yuqori ballarni toʻplagan iqtidorli yoshlarga imtihon topshirish xarajatlari toʻliq qoplab beriladi.Uchinchidan, izlanuvchi yoshlarni ragʻbatlantirish maqsadida “Yosh olimlar” innovatsion tanlovi uchun 30 milliarddan ortiq mablagʻ ajratilganining oʻzi ham katta imkoniyatdir. Toʻrtinchidan,2021-yildan boshlab maktab oʻquvchilari va oliy oʻquv yurtlari talabalari oʻrtasida “Boʻlajak olim” tanlovini tashkil qilish orqali yoshlarning eng yaxshi innovatsion hamda startap loyihalariga 50 milliard soʻm mablagʻ yoʻnaltirish boʻyicha koʻrsatma berilishi ham diqqatga sazovordir.

    Oltinchidan esa, kelgusi oʻquv yilidan boshlab respublikamizdagi xorijiy oliy oʻquv yurtlarining bakalavriat bosqichi talabalari uchun ham Prezident va davlat stipendiyalari joriy etilishi yoshlarni yuksak axloq va kuchli bilim sohibi hamda vatanparvarlik ruhida voyaga yetishida yaratilgan imkoniyatning muvaffaqiyat asosi,- degan ishonchdamiz.

    Yana bir quvonarli xabar shundaki, ilm yoʻlini tanlagan iqtidorli yoshlarimizni qoʻllab-quvvatlash maqsadida keyingi yildan boshlab magistratura va doktorantura bosqichlari uchun Prezident stipendiyasi kvotasini ikki barobarga oshiramiz. Ishonchim komilki, bunday imkoniyat va imtiyozlarga avvalo yangi Renessans poydevorining bunyodkorlari sazovor boʻladi,- deb taʼkidlagan davlat rahbarining ishonchi, yangi yil arafasida yoshlar uchn yaratilgan bunday imkoniyatlar yangi Oʻzbekistonning Renessans yoʻlidagi yangi va ildam qadami boʻldi.

    Firuza Muxitdinova,

    TDYUU professori yuridik fanlar doktori