Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boshlandi
Toshkent shahrida 20-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi oʻz ishini boshladi.
Toshkent shahrida 20-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi oʻz ishini boshladi.
Oʻttiz yetti milliondan ortiq aholiga ega boʻlgan Oʻzbekistondek katta davlatning parlamenti aʼzosi boʻlish, shubhasiz, har bir deputat uchun ulkan sharafdir, dedi Prezident.
Oʻtgan davrda parlament diplomatiyasi va parlamentlararo aloqalar tashqi siyosatimizning taʼsirchan va pragmatik vositasiga aylandi.
Keyingi yillarda palata faoliyatida jamoatchilik ishtiroki yanada kuchaydi.
Joylarda aholi farovonligini oshirish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqishda parlamentning faol ishtirok etishi muhim.
Yangilangan Konstitutsiyaga koʻra, Davlat byudjeti ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatiga kiradi. Bu muhim vakolat deputatlarimiz zimma...
Yangi davrda parlament chinakam xalq uyi, uning quyi palatasi esa gʻoyalar generatoriga, sogʻlom raqobat, bahs va munozaralar maydoniga aylanishi kerak.
Qonun ijodkorligi jarayoni, avvalo, jamiyatimizdagi dolzarb muammolar yechimiga, xalqimizning ogʻirini yengil qilishga qaratilishi kerakligi taʼkidlandi.
Prezident taʼkidlaganidek, parlament qoʻmitalari vazirliklar bilan ishlashda ular bilan yaqindan hamkorlik qilishga ahamiyat bersa, ayni muddao boʻladi.
Kelgusi besh yilda Qonunchilik palatasi oldida gʻoyat ulkan vazifalar turgani taʼkidlandi.
Parlament faoliyatida yutuqlar bilan birga eʼtibordan chetda qolgan masalalar ham boʻlgani qayd etildi. Prezident ularning ayrimlariga toʻxtalib oʻtdi.
Prezidentimiz oʻtgan chaqiriqda faoliyat koʻrsatgan deputatlarga samarali mehnatlari uchun chin dildan minnatdorchilik bildirdi.