O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Doha shahriga yetib bordi.
G'azo sektorini rekonstruktsiya qilish qiymati 70 milliard dollarga baholanmoqda va hududni tiklash o'nlab yillar davom etishi mumkin, dedi jurnalistlarga BMT matbuot kotibi Yako Silliers. Bu haqda Reuters xabar berdi.
AQSh, Qatar, Misr va Turkiya kelishmovchiliklarni diplomatik yo'llar bilan hal qilish majburiyatini oladi, deyiladi Oq uy tomonidan e'lon qilingan qo'shma deklaratsiyada.
Qatar Isroildan SAXALning G'azo sektoridagi harbiy amaliyotlarini qayta boshlamasligi haqida yozma kafolatlar berishini kutmoqda. Bu haqda Yaqin Sharq OAVlari Qatar TIV vakili Majed al-Ansoriyning bayonotiga tayanib xabar berdi.
AQSh Prezidenti Donald Tramp Qatarga har qanday qurolli hujumni AQSh tinchligi va xavfsizligiga tahdid deb hisoblovchi farmonni imzoladi. Amerika tomoni Qatar manfaatlarini himoya qilish uchun “diplomatik, iqtisodiy va kerak bo'lsa, harbiy choralar” ko'rish majburiyatini olmoqda.
Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu yaqinda Dohada Falastinning HAMAS radikal harakati qarorgohiga uyushtirilgan va Qatar xavfsizlik xodimining o'limiga sabab bo'lgan hujum uchun uzr so'radi. Bu haqda Qatar TIV xabar berdi.
Misr hujum ostida qolgan mamlakatlarni himoya qila oladigan NATO tipidagi harbiy ittifoq tuzish uchun arab davlatlaridan yordam olishga umid qilmoqda, deb yozdi Times of Israel, hisobotga tayanib.
Pokiston Qatarning suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilish uchun ko'rayotgan barcha choralarni qo'llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.
Isroilning Qatar poytaxtiga bergan zarbalari oqibatida kamida besh kishi, jumladan, Falastinning G'azo sektoridagi HAMAS harakati yetakchisining o'g'li va uning idorasi rahbari halok bo'ldi, deb xabar berdi Qatar telekanali Al Araby harakatdagi manbalarga tayanib.
27-28-may kunlari Qatar poytaxti Doha shahrida “Sunʼiy intellekt va inson huquqlari: imkoniyatlar, xavf-xatarlar va yorqin kelajak tasavvuri” mavzusida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi. Forumda Oʻzbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etdi.