Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqida Oʻzbekistonda xotin-qizlarning boy salohiyatidan foydalanish, jamiyat hayotining barcha jabhalarida ularning imkoniyatlarini roʻyobga chiqarishda tajriba almashish boʻyicha Osiyo xotin-qizlari forumini oʻtkazish haqidagi taklifni bildirgan edi.
“Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga mintaqaviy yondashuv” mavzusidagi Osiyo xotin-qizlari forumi Samarqand shahrida oʻz ishini boshladi.
Inson huquqlari boʻyicha Malayziya komissiyasi komissari Nur Azia Mohd Aval: Forum xotin-qizlar salohiyatini roʻyobga chiqarish va bu boradagi tajriba almashish masalalarini muhokama qilish uchun Osiyo mintaqasida oʻziga xos muloqot maydonini yaratadi.
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Samarqand shahrida oʻtkazilayotgan Osiyo xotin-qizlari forumida ishtirok etish uchun yurtimizga tashrif buyurgan «BMT-ayollar» tuzilmasining Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari boʻyicha mintaqaviy direktori Belen Sans Luke bilan muzokara oʻtkazdi.
Joriy yil 13-14-may kunlari Samarqand shahrida «Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga mintaqaviy yondashuv» mavzusida Osiyo xotin-qizlari forumi oʻtkaziladi.
Forum birinchi kunidan “Tashuvlar sohasida xalqaro va transchegaraviy hamkorlik”, “Barqaror transport koridorlarini shakllantirishda raqamli texnologiyalar” kabi sessiyalar oʻrin olgan.
Joriy yil 1-aprelda Samarqand shahrida Osiyo -Tinch okeani mintaqasida savdoni soddalashtirish masalalariga bagʻishlangan 11-forum (APTFF) oʻz ishini boshladi.
CMS COP14 doirasida Samarqandda Atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha global hamkorlik (GPEC) yangi loyihasining ishga tushirilishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan COP14 xalqaro konferensiyasi doirasida O‘zbekiston ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov BMT Bosh kotibi o‘rinbosari va tashkilotning Atrof-muhit dasturi (UNEP) ijrochi direktori Inger Andersen bilan uchrashdi.
Joriy yil 11-fevralda «Silk Road Samarkand» kongress zalida «Yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlash to‘g‘risida»gi Konvensiya (CMS COP14) ishtirokchilari konferensiyasining 14-yig‘ilishi doirasida «Tabiat chegara bilmaydi: ko‘chib yuruvchi turlar va Markaziy Osiyoda barqaror rivojlanish yo‘lida hamkorlik qilish» mavzusida yuqori darajadagi tadbir o‘tkazildi.