Oʻzbekiston tarixida xorijlik sayyohlar oqimi boʻyicha rekord natija qayd etildi, yaʼni joriy yilning dastlabki 9 oyi davomida mamlakatga 8,6 mln nafardan ortiq turist tashrif buyurdi.
2025-yil aprel oyidan boshlab Oʻzbekiston har oyda 1 milliondan ortiq xorijiy turistlarni qabul qilmoqda.
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi Miraki turizm maskanidagi “Lochin” oromgohida “Yoshlar kelajak bunyodkorlari!” IV ekologiya va turizm xalqaro qurultoyi boʻlib oʻtyapti.
Turizm qoʻmitasi raisi Umid Shadiyev Malayziyaning “AirAsia X” aviakompaniyasi bosh direktori Benyamin Ismail bilan uchrashdi.
Samarqand viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib etish hamda Yaponiyadan viloyatga sayyohlar oqimini oshirish maqsadida Yaponiyaning Nara shahrida Samarqand viloyatining turizm salohiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Joriy yil 25-aprelda Xitoyning Sichuan provinsiyasidagi Leshan shahrida “Xitoyda Oʻzbekiston turizm yili” tadbirlari dasturi doirasida koʻrgazmalar va roud-shoular boshlanib ketdi.
Turizm qoʻmitasida “AirAsia X” aviakompaniyasi raisi Datuk Kamaruddin Meranun va kompaniya direktori Benyamin Ismoil boshchiligidagi Malayziya delegatsiyasi bilan muzokaralar oʻtkazildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida oʻtkazilgan “Orol turizmi” xalqaro haftaligi doirasida Nukus shahrida “Orol baliqlaridan 99 turdagi taomlar” xalqaro gastronomik festivali boʻlib oʻtdi.
Guanchjou shahrida oʻtkazilgan “Xalqaro madaniyat kuni” festivalida Oʻzbekistonning sayyohlik salohiyati namoyish etildi.
Turizm qoʻmitasi hokimliklar bilan birgalikda 36 ta tuman va shaharni etno, gastronomik, tibbiy, ekstremal, madaniy-tarixiy, ziyorat, qishki va agroturizm asosida rivojlantirish boʻyicha katta dastur tasdiqlaydi.