Adliya vazirligi tomonidan “Ibrat farzandlari” nodavlat notijorat tashkiloti davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.
2024-yilning 8-fevral kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazi O'zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda “O'zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida”gi Prezident Farmoni loyihasida belgilanayotgan chora-tadbirlarning mazmun-mohiyati yuzasidan keng jamoatchilik muhokamasini o'tkazdi.
Oliy Majlis huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo'llab-quvvatlash jamaot fondi mablag'larini boshqarish bo'yicha parlament komissiyasining yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Poytaxtimizda Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Adliya vazirligi, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, “Yuksalish” umummilliy harakati hamda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan “Inson huquqlari va manfaatlarini taʼminlashda davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining hamkorligi” mavzusida Milliy forum boʻlib oʻtdi.
Mehnat qonunchiligini takomillashtirishda jamoat birlashmalari va ommaviy axborot vositalarining oʻrni qanday? Bu haqda joriy yil 29-iyunda Toshkentda “Yuksalish” umummilliy harakati va Fransiyaning texnik hamkorlik va taraqqiyot agentligi (ACTED) hamkorligida tashkil etilgan davra suhbati ishtirokchilari soʻz yuritdi.
2022-yil 21-iyunda “Yuksalish” umummilliy harakati hamda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) oʻrtasida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida Memorandum imzolandi.
Hukumat qarori bilan Mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlarining xalqaro grant loyihalarini amalga oshirishda davlat boshqaruvi organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
13-iyunda Toshkentda Faol fuqarolar haftaligi ish boshladi. Haftalik besh kun mobaynida uch mingdan ziyod ishtirokchilar — nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, vazirlik va tashkilotlar, mahalliy boshqaruv organlari, ekspertlar, faol fuqarolar va ommaviy axborot vositalari vakillarini bitta muloqot maydoniga jamlaydi.
Respublikamizning barcha hududlarida “Yuksalish” umummilliy harakatining tashabbusi bilan nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, ekspertlar va mahalla faollaridan iborat Taraqqiyot strategiyasini qoʻllab-quvvatlash jamoatchilik guruhlari tashkil etilyapti.
Xabar berilganidek, respublikamizning barcha hududlarida Yangi Oʻzbekiston Taraqqiyot strategiyasini qoʻllab-quvvatlash jamoatchilik guruhlari tashkil etilmoqda. Nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, ekspertlar va mahalla faollaridan iborat navbatdagi jamoatchilik guruhi 13-aprelda Jizzax viloyatida tuzildi hamda 17 nafar guruh aʼzolari tasdiqlandi.