Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 2026-2030-yillarga mo'ljallangan davlat migratsiya siyosatining yangi konsepsiyasini tasdiqladi. Hujjat normativ-huquqiy hujjatlar veb-saytida e'lon qilindi va 2018-yildan joriy yilning oxirigacha amaldagi siyosat o'rnini egallaydi.
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Avaza shahrida Xalqaro migratsiya tashkilotining BMTdagi missiyasi rahbari Pyer Lilyert bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Rossiya mehnat muhojirlari uchun mamlakatga kirishdan oldin majburiy emlashni joriy qilishi mumkin.
Rossiya ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsev “Rossiya jamiyati uchun foydasiz” muhojirlar mamlakatni tark etishi kerakligini aytdi.
Bu boʻyicha Migratsiya agentligi Yaponiyaning “JCAEMCE” tashkiloti bilan kelishuv imzoladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda xorijda ishlab yurgan va afsuski vafot etgan vatandoshlarimizning jasadlarini yurtimizga olib kelish uchun blogerlar, turli shaxslar plastik karta raqamlarini chiqarib, pul yigʻish aksiyalarini oʻtkazayotgani kuzatilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq readmissiya qilingan fuqarolarga ikki yil davomida xorijga chiqish biometrik pasportini berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatilmaydi.
“Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi Hukumat qarori (313-son, 13.05.2025-y. ) qabul qilindi.
Migratsiya agentligi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida “Worldvisa” MCHJ, “Everyone Consult” MCHJ va “Adworld Group” MCHJlar fuqarolardan pul yigʻib, xizmat koʻrsatmaganlik holatlari aniqlandi.
Bosh prokuror oʻrinbosari Sh.Aminov rahbarligidagi vazirlik va idoralar delegatsiyasi 28–29-aprel kunlari Moskva shahrida boʻlib oʻtgan mehnat migratsiyasi va migrantlar huquqlarini himoya qilish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston–Rossiya idoralararo ishchi guruhining birinchi yigʻilishida ishtirok etdi.