Ushbu Qonunning maqsadi quyidagilardan iborat:
- avtomobil yoʻllaridan foydalanuvchilar, avtomobil yoʻllari egalari va davlat manfaatlarini koʻzlab avtomobil yoʻllari tarmogʻini tashkil etish va ulardan foydalanish, yoʻl faoliyatini amalga oshirish asoslarini belgilab berish;
- yoʻl xoʻjaligini takomillashtirish;
- umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarining xavfsizligini va rivojlanishini taʼminlash, ularning texnik holatini yaxshilash;
- yoʻl faoliyati sohasida ilgʻor texnologiyalar va standartlarni joriy etishni ragʻbatlantirish;
- yoʻl faoliyatini amalga oshirishda ishlar va (yoki) xizmatlar bozorida samarali va adolatli raqobatni taʼminlash;
- magistral yoʻllardan foydalanish va yoʻl harakatini amalga oshirish sohasidagi investitsiya muhitini yaxshilash;
- magistral yoʻllarning xalqaro transport tarmogʻiga integratsiyasini taʼminlash.