Qayd etilishicha, gullar Festivali munosabati bilan 29-apreldan 3-maygacha quyidagi hududlarda transport vositalari harakati cheklanadi:

  • — Zarafshon koʻchasining “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasi qoʻriqlash punkti va Matbuotchilar koʻchalari oraligʻidagi qismi;
  • — Istiqlol koʻchasining A.Temur va Buyuk Turon koʻchalari oraligʻidagi qismi;
  • — Buyuk Turon koʻchasining Istiqlol koʻchasi kesishmasidan Yoshlar ijod saroyigacha boʻlgan qismi.

Maʼlumot uchun festivalning asosiy tadbirlari Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining old maydonida tashkil qilinadi.