Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahri boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “S.S” MCHJ taʼsischisi O.Oʻ. va ish boshqaruvchisi S.R. internet ijtimoiy tarmogʻida xorijiy davlatlarga ishga yuborishlari haqida eʼlon berib, 6 nafar fuqaroni Germaniya va Angliya davlatlariga ishga yuborishlari evaziga ularning jami 12 700 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganliklari aniqlangan.

Shuningdek, Departamentning Uchtepa tumani boʻlimi, DXX va IIV xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Ye.M. fuqaro I.S. va uning 4 nafar tanishlarini 12 000 AQSH dollari evaziga Germaniya davlatiga borishi uchun viza olib berishini aytib, shundan 6 000 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.