Oʻzaro muzokaralardan soʻng, institut va Tushia universiteti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Bunda uchta bakalavriat taʼlim yoʻnalishi va ikkita magistratura mutaxassisligi boʻyicha qoʻshma taʼlim (Double degree) dasturlarini joriy etish, Erasmus+ dasturi doirasida ilmiy loyihalarini amalga oshirish, talabalar, professor-oʻqituvchilar hamda ilmiy izlanuvchilar mobilligini yoʻlga qoʻyish masalalari koʻzda tutilgan.
Bundan tashqari, mehmonlar institutda amalga oshirilayotgan xalqaro loyihalar, talabalar startaplari bilan bevosita tanishish imkoniyatiga ham ega boʻldi.
Maʼlumot uchun, Tushia universiteti Italiyaning nufuzli oliy taʼlim muassasalaridan biri boʻlib, Viterbo shahrida joylashgan. 1979-yilda tashkil etilgan ushbu universitet 6 ta oʻquv fakultetidan iborat. Oliygoh qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalar boʻyicha kadrlar tayyorlaydi. Universitet xalqaro QS reytingida 901–950 oʻrinlarni egallagan.
Hamkorlik materiali