Qayd etilishicha, shu yilning 6-iyun — Qurbon Hayiti bayrami kuni yoʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent metropoliteni odatdagidan ikki soat oldin, yaʼni, tonggi soat 03:00 dan ish faoliyatini boshlaydi.

Bundan tashqari, Qurbon Hayiti bayrami kunida barcha yoʻlovchilar uchun Toshkent metropoliteni soat 03:00 dan 10:00 ga qadar yoʻlovchilarga bepul xizmat koʻrsatadi.

Shuningdek, metro yoʻlovchilariga bayram munosabati bilan belgilangan boshqa dam olish kunlarida quyidagicha tartibda poyezdlar harakati yoʻlga qoʻyiladi.

7-iyun — shanba kuni uchun belgilangan jadval boʻyicha;

8-iyun — yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida soat 05:00 dan xizmat koʻrsatiladi.