Bu haqda Oʻzgidromet xabar qildi.
Qayd etilishicha, dam olish kunlari havo harorati asta-sekin pasayadi. 30-avgustda +31...+36 daraja, 31-avgust - 1-sentyabrda +28...+33 darajani tashkil etadi.
Kechasi va ertalab havo sezilarli salqin boʻladi, 1-sentyabrga kelib, harorat kechasi 13-16 darajagacha pasayadi.
Shu kunlarda respublika boʻyicha bulutsiz va quruq ob-havo saqlanib turadi.
Respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, 30-31-avgust va 1-sentyabrda ayrim joylarda baʼzida 20-23 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda havo bulutsiz boʻladi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, shimoli-gʻarbdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
30-31-avgustda 10-14 m/s gacha kuchayishi, baʼzi joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Shanba kuni +34...+36 daraja, yakshanba va dushanba kunlari +30...+32 daraja boʻladi. Harorat kechalari asta-sekin +13...+15 darajagacha pasayadi.