Маҳсулот ва хизматларни “Ҳалол“ белгиси билан тамғалашга рухсат берилади

    Ўзбекистонда 2025 йилнинг 1 майидан Ислом мамлакатлари стандартлари ва метрология институти (SMIIC) стандартлари талаблари асосида сертификатлаштирилган маҳсулот ва хизматларни "Ҳалол" белгиси билан тамғалашга рухсат берилади.

    Oʻzbekistonda mahsulot va xizmatlarni “Halol“ talablariga muvofiq sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi hukumat qarori qabul qilindi.

    Unga koʻra, mahsulot va xizmatlarni “Halol“ talablariga muvofiq sertifikatlashtirish tartibi va “Halol“ talablarga muvofiq sertifikatlashtirilgan mahsulot va xizmatlarni davriy baholash tartibi tasdiqlandi.

    Shuningdek qarorga koʻra, mahsulot va xizmatlarni “Halol“ talablariga muvofiq sertifikatlashtirish organi tashkil etiladi. Mahsulot va xizmatlarni “Halol“ talablariga muvofiq sertifikatlashtirishda hamda ularga nisbatan talablarni belgilashda Islom mamlakatlari standartlari va metrologiya instituti (SMIIC) tomonidan qabul qilingan va rasmiy xalqaro miqyosda eʼtirof etilgan standartlarga ustuvorlik huquqi beriladi.

    Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Din ishlari boʻyicha qoʻmita bilan olti oy muddatda agentlik tizimidagi davlat muassasasida tashkil qilinadigan mahsulot va xizmatlarni “Halol“ talablariga muvofiq sertifikatlashtirish organini xalqaro tan olingan tashkilotlarni jalb qilgan holda akkreditatsiyadan oʻtkazishi hamda “Halol“ belgisi shakli hamda oʻlchamini belgilaydigan standart loyihani ishlab chiqib, tasdiqlash kerakligi belgilandi.
    No date selected
    март, 2025
    1
    2
    3
    4
    5
    6
    7
    8
    9
    10
    11
    12
    13
    14
    15
    16
    17
    18
    19
    20
    21
    22
    23
    24
    25
    26
    27
    28
    29
    30
    31
    Use cursor keys to navigate calendar dates