N`yu-Yorkda duv-duv gap

    Yoshlar ishlari agentligi direktori, senator Alisher Sa'dullaev vatandoshlarimizning Prezident bilan uchrashuvdan keyingi kechinmalari haqidaga fikrlarini bayon etdi.

    Davlatimiz rahbarining AQShga bu galgi tashrif dasturi juda keng ko'lamli, samarali va mazmunli bo'ldi. BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida so'zlangan nutqdan tortib, AQSh Prezidenti bilan o'tkazilgan uchrashuv, qator xalqaro tashkilotlar rahbarlari, yirik kompaniya direktorlari bilan muloqot — barcha-barchasi yangi O'zbekistonning iqtisodiy taraqqiyoti, xalqimizning farovon kelajagi uchun xizmat qilishga qaratildi.

    Prezidentimiz O'zbekistondagi ortga qaytmas tus olgan keng ko'lamli islohotlarga alohida to'xtalib, global va mintaqaviy kun tartibidagi eng dolzarb masalalar echimiga doir qator tashabbus va takliflarni ilgari surdi. Ayniqsa, yoshlar, xususan, Markaziy Osiyo yoshlari kelajagiga oid takliflar iliq kutib olindi.

    AQShda yashayotgan va ishlayotgan bir guruh vatandoshlarimiz hamda “el-yurt umidi” jamg'armasining ushbu mamlakat etakchi oliy ta'lim dargohlarida tahsil olayotgan stipendiatlari uchun eng quvonchli voqea Prezidentimiz bilan uchrashuv bo'ldi. Bu uchrashuvga AQShning deyarli barcha hududidan turli soha vakillari: iqtisodchilar, olimlar, tadbirkorlar jamlandi. Taklif qilinganlar jahonda eng nufuzli Garvard, Stenford universitetlarida, Tesla kabi eng yirik kompaniyalarda ishlaydigan vatan doshlarimiz edi. Ular orasida AQShning eng nufuzli universitetlari — D`yuk, Syracuse universitetlari grantini yutganlar ham bor edi.

    Ochiq va jonli muloqot shaklida o'tgan uchrashuvda vatandoshlarimizga Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi to'g'risida so'zlab berildi. Mamlakatimiz modernizatsiyasiga ko'maklashishda vatandoshlarimizda ulkan salohiyat mavjudligiga e'tibor qaratildi.

    Shuningdek, AQSh va boshqa davlatlarda O'zbekiston imiji, xalqimiz obro'sini oshirishga munosib hissa qo'shayotgan qator o'zbek yigit-qizlari nomi e'tirof etildi.

    Muloqotda jahon miqyosidagi ulkan kompaniyalarda faoliyat yuritayotgan va nufuzli oliy ta'lim dargohlarida o'qiyotgan vatandoshlar ta'lim, tibbiyot, iqtisodiyot sohalari bo'yicha fikr va takliflarini bildirdi. Jamiyat hayoti va iqtisodiyotning turli masalalari yuzasidan fikr almashildi. Xususan, Kolumbiya universitetining ilk o'zbek professori Aziza Shonazarova o'z tajribasi bilan o'rtoqlashgan bo'lsa, Garvard universiteti katta ilmiy xodimi Botir Qobilov hamda Viskonsin universiteti katta ilmiy xodimi, iqtisodchi Behzod Hoshimov O'zbekiston iqtisodiyoti bo'yicha bir nechta takliflarni ilgari surdi.

    Garvard universitetida tibbiyot yo'nalishi bo'yicha professor, Boston bolalar shifoxonasi shifokori bo'lgan yana bir yosh vatandoshimiz Buxorodagi yangi qurilgan shifoxona haqida so'zladi. U erda bemorlar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlarni ko'rib qoyil qolganini, imkon bo'lsa, ushbu shifoxonadagi laboratoriyalarda dars berish istagini bildirdi. Shuningdek, u yaqinda O'zbekistonga kelgani, Prezident maktablarida bo'lgani, u erdagi ta'lim jarayoni haqida mulohazalarini ma'lum qildi.

    Davlatimiz rahbari vatandoshlarimiz bilan aloqani mustahkamlash, ularning jamoat birlashmalari faoliyatini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan qator tashabbuslarni bildirdi. Xususan, xorijda vatandoshlarning

    jamoat birlashmalari huzurida o'zbek tili kurslari tashkil etilishi hamda yurtimizning tarixiy shaharlariga “Vatandoshlar” fondi orqali tashkiliy tartibda maxsus sayohatlar Vatandoshlarimizda uchrashuvdan oldin o'ziga xos hayajon kuzatilgan bo'lsa, muloqot tugagandan so'ng undan-da ko'tarinki kayfiyat hukmron bo'ldi. Sababi, davlatimiz rahbari, “Shu vatandoshlar bilan doimiy aloqada bo'lishni xohlayman, ular bilan doimiy ishlaymiz, ular mening vakillarim bo'ladi. Vatandoshlar orasidan ekspertlar guruhi tashkil qilinadi. Prezidentning iqtisodiy, ijtimoiy, investitsion jozibadorlik bo'yicha yangi platformasi yaratilib, unda ekspertlar xulosalari berib boriladi”, dedi. Xulosa qilganda, endi vatandoshlarimiz bilan muntazam ishlash tizimi yaratiladi.

    Vatandoshlar bilan suhbat bir necha soatga cho'zilib, ochiq va samimiy savol-javoblarga boy tarzda o'tdi. e'tiborlisi, AQSHdagi yurtdoshlarimiz yoshlarga katta motivatsiya beryapti. Mana shunday his-hayajonli uchrashuvlardan ta'sirlanib, Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy hamda boshqa mamlakatlarda tahsil olayotgan va ishlayotgan vatandoshlarimiz ham mazkur tarixiy uchrashuv ular o'qiyotgan va ishlayotgan davlatda o'tkazilishi taklifini bildirib, xatlar yozmoqda. Bu yoshlarimizda Vatanga daxldorlik hissi, taraqqiyotimizga hissa qo'shish istagi mavjudligini namoyon etadi.