Ushbu noyob yoʻnalishda 15 nafar yosh abituriyent oʻz bilim va koʻnikmalarini namoyish etish uchun imtihonga keldi. Ular orasida Umida Muhammadiyeva ham bor — u ushbu sohada oʻz kelajagini koʻrayotgan, aynan kar-soqovlar bilan ishlashni maqsad qilgan fidoyi yoshlardan biri. Umida bugun oʻz maqsadlari sari yana bir qadam tashladi va birinchi sinovdan muvaffaqiyatli oʻtdi.

Imtihonlar universitetning Bosh oʻquv binosida oʻtkazilmoqda. Bu jarayonda ishtirokchilar nafaqat nazariy bilimlar, balki bagʻrikenglik, sabr-toqat, insonparvarlik va fidoyilik kabi shaxsiy fazilatlar orqali ham baholanadi. Chunki surdotarjimonlik faqat oddiy tarjima emas — bu koʻplab odamlar uchun koʻprik vazifasini oʻtaydigan yurak bilan eshitish va koʻz bilan soʻzlashish sanʼatidir.

Maxsus pedagogika yoʻnalishi jamiyatda katta ahamiyatga ega boʻlib, keyinchalik ushbu sohada ishlaydigan mutaxassislar nogironligi boʻlgan shaxslarning hayotini yengillashtirish, ularning taʼlim olish va jamiyatda faol ishtirok etishi uchun koʻmaklashadi.

Taʼkidlash joizki, universitet maʼmuriyati imtihonlarni ochiq va xolis oʻtkazish, barcha ishtirokchilar uchun barobar shart-sharoitlar yaratishga alohida eʼtibor qaratmoqda.

Ijodiy imtihonlar jarayonini universitetning rasmiy ijtimoiy tarmoqlari orqali kuzatib borishingiz mumkin.