61 mlrd 988 mln soʻm oʻz egalariga qaytarildi

    Fargʻona viloyat adliya boshqaramasida jurnalist va blogerlar ishtirokida boʻlib oʻtgan mabuot anjuanida bu borada axborot berildi.

    Viloyat adliya boshqarmasi hamda tuman va shahar adliya boʻlimlariga 2022-yil davomida jami 12 ming 431 ta murojaat kelib tushdi. Ularning 66,6 foizi qanoatlantirilgan. Shikoyatlarning xususiyati hududlar boʻyicha taxlil qilinganda eng koʻp koʻtarilgan masala mehnatga doir shikoyatlar hissasiga toʻgʻri keladi.

    Bunday murojaatlar soni 4 ming 688 tani tashkil qilgan. Shuningdek kommunal, soliq, bank, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa sohalarga taalluqli shikoyatlar qayd qilingan.

    Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish, inson huquqlarini himoya qilish, davlat xizmatlari koʻrsatish va boshqa sohalarda jami 1 ming 817 marotaba nazorat tadbirlari oʻtkazilib, 62 ming 500 dan ortiq qonun buzilishi holatlari aniqlandi.

    Qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish, ularni oldini olish hamda amaldagi qonun hujjatlari talabiga muvofiqlashtirish boʻyicha 5 ming 725 ta taqdimnomalar kiritildi va koʻrilgan choralar natijasida jami 39 ming 57 ta hujjatlar ijrosi toʻxtatildi. Mansabdor shaxslarining 2 ming 738 ta harakatlari (harakatsizligi) toʻxtatildi, 1 ming 629 nafar shaxslarning intizomiy javobgarlik masalasi hal etilib, 61 mlrd. 988 mln. soʻm miqdordagi pul mablagʻlari oʻz egalariga qaytarilishi taʼminlandi.

    Jismoniy va yuridik shaxslarni manfaatini koʻzlab sudlarga 34 mlrd. 240 mln. soʻmlik 2 ming 118 ta daʼvo arizalar kiritilgan.. Bundan tashqari, 1 ming 172 ta holatlar boʻyicha mansabdor shaxslarning jinoiy (9 ta) va maʼmuriy (1163 ta) javobgarligi masalasini hal etish boʻyicha vakolatli organlarga takliflar kiritilib, 1 ming 91 nafar shaxslarning javobgarlik masalalari hal etilishi taʼminlandi.

    Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari tomonidan 20 ta davlat tashkilotlari va korxonalarga, shuningdek 1 ming 850 dan ortiq taʼlim muassasalariga “E-huquqshunos” elektron tizimi orqali yuridik xizmat koʻrsatib kelinyotgani ham eʼtibor qaratildi. Xusasan, markazlar tomonidan xisobot davrida jami 363 694 ta hujjatlar huquqiy ekspertizadan oʻtkazilib, 331 ming 828 tasiga ijobiy va 6 ming 82 tasiga salbiy xulosa berilgan, 25 ming 784 tasi kamchiliklar mavjudligi sababli huquqiy ekspertizadan oʻtkazilmay qaytarildi. Shu bilan birga, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar hamda ularni vasiylariga 400 dan ortiq huquqiy maslahatlar berildi.

    Davlat xizmatlari markazlari tomonidan 1 mln 275 mingga yaqin davlat xizmatlari koʻrsatilishi taʼminlandi. 56 500 dan ziyod yangi tadbirkorlik subyektlari va 43 ta xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxona davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Bundan tashqari, sayyor tartibda 68 ming 171 ta, filiallar tomonidan
    40 ming 931 ta davlat xizmatlari koʻrsatilgan.

    Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish sohasida esa 159 ming 585 ta dalolatnoma yozuvlari qayd etilgan.