Unda asosiy mavzu «2025-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat bddjeti to‘g‘risida»gi Qonun loyihasining muhokamasi» bo‘ldi.
Ishtirokchilar Davlat byudjetining o‘rta muddatga mo‘ljallangan prognoz parametrlari va 2025-yil uchun byudjet loyihasi «O‘zbekiston – 2030» strategiyasida belgilangan maqsadlarga mos ravishda, ularni bajarish vazifasidan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgani qayd etdi.
Seminarda 2025-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan byudjeti hamda 2026 – 2027-yillar uchun mo‘ljallar, asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning prognozlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar mahalliy byudjetlarining daromadlari va xarajatlari prognozlari va mahalliy byudjetlarga ajratilayotgan tartibga soluvchi transfertlar hajmlari Qonun loyihasidan o‘rin olgani aytib o‘tildi.
Ta’kidlanganidek, Qonun loyihasida 2025-yilda YaIMning 6 foizga o‘sishi prognoz qilingan.
Shuningdek, seminarda o‘rta muddatda soliq-byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari ham belgilanganligi, unga ko‘ra konsolidatsiyalashgan byudjet taqchilligini 2025-2027-yillarda YaIMga nisbatan 3 foizdan oshirmaslik, byudjet daromadlari bazasini kengaytirish, berilgan soliq, bojxona imtiyozlarini samarasi va bergan natijasiga qarab qayta ko‘rib chiqish va bosqichma-bosqich bekor qilish masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi.
Senatorlar tomonidan qonun loyihasida yillik byudjetni shakllantirishda «Natijaga yo‘naltirilgan byudjet» tizimini hamda «Yashil byudjetlashtirish» tamoyillarini bosqichma-bosqich joriy etish belgilanganligiga tushuntirishlar berildi.
Bundan tashqari, seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Toshkent shahar va viloyatlar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan tegishli darajadagi mahalliy byudjetlarni tasdiqlash borasida inobatga olinishi lozim bo‘lgan jihatlarga urg‘u berildi.
Bu borada mahalliy Kengashlar deputatlarining fikr va mulohazalari eshitilib, ularga zarur tavsiyalar berildi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.