Davlat xizmatlari markazlariga surdotarjimonlar jalb etildi

    Ijtimoiy hayot 24 Oktabr 2022 3121

    Davlat xizmatlari markazlarida fuqarolar va tadbirkorlar uchun barcha sharoitlar muhayyo. Biroq, nogironligi bor shaxslar, masalan, eshitish va gapirishda nuqsoni bor yurtdosharimiz davlat xizmatlaridan qanday foydalanadi?

    Davlat xizmatlari koʻrsatish borasida eshitish va gapirishda nuqsoni boʻlgan fuqarolar uchun davlat xizmatlarini koʻrsatishda allaqachon boshlangʻich qadamlar qoʻyilgan. Masalan, bir necha yil avval Toshkent shahridagi 11 ta Davlat xizmatlari markazida tajriba tariqasida “surdo-online” planshetlari ishga tushirilgan edi.

    Bu moslamalar bevosita onlayn tarzda, internet kommunikatsiya tizimi orqali doimiy ravishda ishlaydi va toʻgʻridan-toʻgʻri operatorga tarjima qiladi. Kelgusida ushbu tizimni respublikamizning barcha hududlarida joylashgan Davlat xizmatlari markazlarida hamda FHDYO organlarida keng joriy etish nazarda tutilgan edi.

    Biroq joriy etilayotgan bu yangiliklar toʻliq amaliyotga tadbiq etilgunga qadar viloyatlarda istiqomat qiluvchi eshitish va gapirishda nuqsoni bor fuqarolar misolida davlat xizmatlarini olishda qiyinchiliklar yuzaga kelyapti. Albatta, bu kabi masalalarni hal etish davlat xizmatchilarining mavjud muammoga qanday yondashishiga bogʻliq.

    Fargʻona shahar davlat xizmatlari markazida bu borada oʻziga xos yechim topildi. Yaʼni surdotarjimon shartnoma asosida ishga yollangan boʻlib, markazga keluvchi bu kabi fuqarolar maxsus planshet orqali tarjimonga videoaloqa orqali bogʻlab berilyapti.

    — Oʻrtacha bir oyda 10 ga yaqin gapirishi va eshitishda nuqsoni bor fuqarolar markazga davlat xizmatlaridan foydalanish uchun tashrif buyuradi, — deydi Fargʻona shahar DXM boʻlim boshligʻi Zoxidjon Akromov. — Toʻgʻrisi, avvallari ular bilan rasmiy muomalaga kirishishda muammolarga uchraganmiz. Videoqoʻngʻiroq orqali mutaxassis orqali ular bilan gaplashish imkoniyati yaratilganidan soʻng ana shunday muammolarga barham berildi.

    Yaratilgan imkoniyatlardan xabardor qilish maqsadida eshitish va gapirishda nuqsoni bor yoshlar taklif etilib, ular uchun davlat xizmatlari markazida kichik sayoxat tashkil etildi. Surdo-pedagog hodim yordamida nogironligi bor shahslarga yaratilgan sharoitlar, fuqarolar va tadbirkorlar uchun imkoniyatlar, navbat olish, infolend, oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish, xizmat olish zallari haqida batafsil tushuntirildi.

    Maʼlumki, eshitish va gapirishda nuqsoni bor fuqarolar axborotga boʻlgan ehtiyojlarining 90 foizini koʻrish orqali qondiradi. Shuning uchun bu kabi shaxslarning davlat xizmatlarini onlayn olishga oʻrgatish esa ayni muddao. Seminar-trening davomida my.gov.uz portalidan qanday foydalanish tartib taomillari amaliy tarzda tushantirib berildi.

    Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi.