Xususan, kasallikni jilovlash maqsadida qoʻllanilgan qatʼiy karantin cheklovlari va «lokdaun» qoidalari chaqaloqlar dunyoga kelishini keskin kamaytirdi.
Yaʼni bu davrda tibbiyot muassasalarining yuklama bilan ishlashi, homiladorlik davrida xastalikni yuqtirishdan kuchli qoʻrquv va iqtisodiy muammolar aksariyat ota-onalarni farzandli boʻlish rejasidan vaqtincha voz kechishga undadi.
JSSTning dastlabki hisob-kitoblariga koʻra, bu borada Boltiqboʻyi mamlakatlari va Ruminiyada shiddatli pasayish dinamikasi qayd etilib, koʻrsatkichlar mos ravishda 28 va 23 foizni tashkil etgan. Yevropa Ittifoqining qolgan davlatlarida esa kamayish holatlari 14 foizga yetgan.
Tashkilot ekspertlari xulosasiga koʻra, koronavirus cheklovlari qancha uzoq davom etsa, bolalar tugʻilishi ham shuncha ozayaveradi.
Shunga qaramay, bu global muammo Shvetsiyani butunlay cheklab oʻtgani bejiz emas. Chunki bu yerda COVID-19 epidemiyasi u qadar katta talafot va yoʻqotishlarni keltirib chiqarmadi. Shu sababli rasmiylar mamlakatda qatʼiy karantin choralarini joriy etmadi.
Binobarin, oʻtgan yil davomida Buyuk Britaniyada tugʻruqlar soni 13 foiz, Shotlandiya va Fransiyada 14 foiz hamda Ispaniyada 23 foizga kamaygan, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.