2023-yilda Intellektual Mulk agentligi tomonidan patentlashtirilgan ushbu navning mualliflari Rustam Nizomov, Jasur Rahmatullayev, Muhammadjon Rasulov va Dilshod Tursunovlar hisoblanadi.
Yangi kartoshka navi mavjud navlardan bir nechta ustunlik jihatlari bilan ajralib turadi. Jumladan, u ultraertapishar nav, mavjud mahalliy ertapishar navlardan 10-12 kun vaqtli yetiladi.
Uning vegetatsiya davri yaʼni unib chiqishidan toki palak qurigunicha muddati 65-70 kundan iborat. Nav yuqori unumdor tuproqqa talabchan, virusli kasalliklarga bardoshli ekanligi bilan ham ajralib turadi.
Mamlakatimizda 2022-yil hosili uchun fermer va qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan kartoshkaning yangi serhosil “Surya”, “Spunta”, “Ranomi”, “Passion”, “Malis”, “Luizana”, “Orea va Konstanse” kabi yuqori avlodli xorijiy kartoshka navlarini ekib yetishtirildi.
Respublika hududida ekish uchun tavsiya etilgan va qishloq xoʻjaligi ekinlari Davlat reyestriga kartoshkaning 152 taga yaqin navlari kiritilgan boʻlib, shundan, 19 ta navlari mahalliy ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari tomonidan yaratilgan.
Koʻp yillik tadqiqotlar natijasida kartoshkaning yangi 11 ta mahalliy navlari ixtiro qilingan, deb xabar beradi Qishloq xoʻjaligi vazirligi matbuot xizmati.