Unda Innovatsion rivojlanish vaziri I. Abdurahmonov mehmonlarga Oʻzbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasi haqida oʻz yuritib, uning innovatsion rivojlanish sohasida davlat organlari va tashkilotlarining saʼy-harakatlarini birlashtirishga qaratilgan strategik hujjat ekanligini taʼkidladi.
Formda Eron Islom Respublikasining vitse prezidenti S. Sattoriy maʼruza qildi. Shuningdek, forumda Qishloq xoʻjaligi vazirligi xuzuridagi Oziq ovqat va qishloq xoʻjaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi direktori Alisher Shukurov qishloq xoʻjaligi tarmogʻiga samarador innovatsion texnologiyalarini joriy qilish istiqbollari toʻgʻrisida maʼlumot berdi. Eron Islom Respublikasi vitse-prezident idorasining biotexnologiyalar boʻyicha sektor kotibi Mustafo Qonei Eron Islom Respublikasida qishloq xoʻjaligi biotexnologiyalar boʻyicha korxonalar faoliyatiga toʻxtalib oʻtdi.
Qayd etilganidek, Oʻzbekiston–Eron oʻrtasidagi ilmiy-texnikaviy va innovatsion hamkorlik yillar davomida izchil rivojlanib bormoqda. Joriy yilda mamlakatlarimiz oʻrtasida imzolangan Ilm-fan va texnologiyalar sohasida hamkorlik toʻgʻrisida Anglashuv memorandumi bio- va nanotexnologiyalar, axborot-kommunikatsiyalari, qishloq xoʻjaligi va boshqa koʻplab ilmiy sohalarda aloqalar kengayishiga xizmat qiladi.
Mazkur forum doirasida Innovatsion rivojlanish vazirligi binosining koʻrgazmalar zalida Oʻzbekiston va Eronning innovatsion kompaniyalari va startaplarining mahsulotlari koʻrgazmasi tashkil etildi. Unda ikki mamlakat korxona va tashkilotlarining innovatsion ishlanma va mahsulotlari namoyish qilindi. Mazkur koʻrgazmada Eron tomonidan tibbiyot, chorvachilik, oziq-ovqat va boshqa turli xil sohalarda faoliyat yurituvchi 35 ta yetakchi innovatsion kompaniyalar oʻzlarining innovatsion mahsulot va loyihalari bilan ishtirok etdi.
Shu bilan birga, Oʻzbekiston va Eron mamlakatlarining ishbilarmonlari oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash hamda qishloq xoʻjaligi, chorvachilik, tibbiyot, axborot texnologiyalari va oziq ovqat sanoati kabi yoʻnalishlarda oʻzaro manfaatli aloqalarni yoʻlga qoʻyish maqsadida koʻrgazma doirasida ikki mamlakat ishbilarmon vakillari oʻrtasida “B2B” uchrashuvlar oʻtkazildi.