Ushbu qarorga muvofiq, 2023-yil 1-oktyabrdan tadbirkorlarga miqdori 10 million so‘mdan yuqori bo‘lgan soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun, agar tadbirkorlik sub’yekti huquqbuzarlikni inkor etsa, moliyaviy sanksiyalarni faqatgina sud tartibida qo‘llash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
2024-yil 1-yanvardan quyidagi tartiblar joriy etiladi:
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarga hosilni sug‘urtalashda sug‘urta mukofotining 50 foizi miqdorida subsidiya berish;
"Izlanish va rivojlanish” markazlari uchun ular tashkil etilgan kundan 3 yil muddatga mol-mulk solig‘i va yer solig‘i bo‘yicha hisoblangan summaning 1 foizini to‘lash, ularning xodimlari uchun ijtimoiy soliq stavkasini 1 foiz miqdorida hisoblash;
avlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan tashkilotlar tomonidan har yili amalga oshiriladigan investisiya loyihalari qiymatining kamida 5 foizini obligatsiyalar chiqarish orqali moliyalashtirish.
2024-yil 1-yanvardan jismoniy va yuridik shaxslarga QQSni to‘liq qaytarish tizimi quyidagilar hisobidan kengaytiriladi:
xorijiy turistlarga – O‘zbekiston xalqaro aeroportlarida O‘zbekistonda sotib olingan va “Tax free” tizimi bo‘yicha rasmiylashtirilgan mahsulotlar uchun;
tur-operatorlarga – xorijiy kontragentlar bilan shartnomalar doirasida ko‘rsatilgan eksport xizmatlari uchun.
2023-yil 1-noyabrdan:
ijobiy ekologik ekspertiza xulosasini olmagan ob’yektlarga nisbatan moliyalashtirish, kreditlash va boshqa moliya operatsiyalarini to‘xtatib turish mexanizmi joriy etiladi;
ekologik huquqbuzarlik sodir etganlarga nisbatan zararni qoplash bilan bir qatorda, zarar yetkazilgan tabiat ob’yektini tiklash va uning muayyan muddat davomida muhofaza qilinishini ta’minlash majburiyati yuklatiladi.
2024-yil 1-yanvardan:
respublikaning uzoq muddatli suv balansi prognozini yuritish, suv resurslarini tejash dasturlarini qabul qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilariga suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish uchun kreditlar 10 foiz stavkada (foiz stavkalarini subsidiyalash hisobiga) ajratiladi.