Xoʻsh, avvallari qanday edi, degan haqli savol tugʻiladi. Albatta, yaxshi qonunlarimiz, yaxshi niyatlarimiz bor edi. Ammo ularni hayotga tatbiq etish uchun xohish ham, ragʻbat ham yoʻq edi rahbarlarda.
Toshkent shahridagi Inson huquqlari uyida «Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi konvensiya (o‘zbek, qoraqalpoq, ingliz va rus tilida)» nomli to‘plamning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbir Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan tashkil etildi.
Joriy yil 16-yanvarda Senatda «Gender tenglik faoli» milliy tanlovining respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Toshkent shahrida “Genderga sezgir jazoni ijro etish muassasalari boshqaruvi strategiyalari: ilgʻor tajriba va asosiy muammolar” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator Gulnora Maʼrufova Oʻzbekiston delegatsiyasi tarkibida Shveysariyaning Jeneva shahrida boʻlib oʻtgan “YEEK mintaqasida gender tenglikka erishishni jadallashtirish boʻyicha majburiyatlarni baholash” mavzusiga bagʻishlangan “Pekin+30” mintaqaviy tahlil uchrashuvida ishtirok etdi.
Jahon iqtisodiy forumi "Global Gender Gap Index"ning 2024-yilgi hisobotiga koʻra, Oʻzbekiston 146 ta mamlakat orasida 0.681 ball bilan 108 oʻrindan joy oldi.
Joriy yil 27-iyunda Oliy Majlis Senatida Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi raisi М.Кадирханова Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari boshqarmasining Qiynoqlarning oldini olish va gender zoʻravonlik masalalari boʻyicha ekspert Д.Айтхожина bilan uchrashuv oʻtkazdi.
2024-yil 27-mart kuni Oliy Majlis Senati, Jahon Banki, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi hamda Buyuk Britaniyaning Tashqi ishlar, Hamdoʻstlik va Taraqqiyot vazirligi hamkorligida “Oʻzbekiston: mamlakatdagi gender holatni baholash” hisobotining taqdimoti oʻtkazildi.
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Nyu-Yorkka amaliy tashrifi davomida Belgiya Gender tenglik, teng imkoniyatlar va xilma-xillik boʻyicha Davlat kotibi Mari-Kollin Leroy bilan uchrashdi.
Oliy Majlis Senati Raisi, Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi Nyu-York shahrida BMT Ayollar holati boʻyicha komissiyasining 68-sessiyasida ishtirok etyapti.