Bugun Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari axborot xizmatlari rahbarlari uchun oʻquv-amaliy seminar oʻz ishini boshladi.
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov BMTning Nyu-York shahridagi bosh qarorgohiga tashrif doirasida BMT Yangiliklar xizmati direktori Yan Filips bilan ham uchrashuv oʻtkazdi.
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Nyu-York shahrida BMT Bosh kotibining yordamchisi – BMT matbuot kotibi Stefan Dyujarrik bilan uchrashdi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning BMTning Dengizga chiqish imkoni boʻlmagan rivojlanayotgan mamlakatlar boʻyicha uchinchi konferensiyasida ishtirok etish uchun Kaspiy boʻyidagi Avazaga amaliy tashrifi Oʻzbekiston – Turkmaniston munosabatlarining oʻziga xosligini yana bir bor tasdiqladi.
“Oʻzbekiston“ anjumanlar saroyida 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri hamda “Oltin qalam” XIX Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov gʻolib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Shu yilning 9-iyun kuni Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing oʻtkazdi.
Shu yilning 28-may kuni Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Oʻzbekiston delegatsiyasining Moskvaga tashrifi doirasida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining oʻrinbosari — Prezident Matbuot kotibi Dmitriy Peskov bilan uchrashdi.
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov “Sevimli” telekanali tomonidan Jahon matbuot erkinligi kuni munosabati bilan tashkil etilgan ochiq eshiklar kunida ishtirok etdi.
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov “Mening yurtim” telekanali direktori Qobuljon Ahmedovning taklifiga binoan “Chimildiq“ filmining ochiq premyerasida qatnashdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov Qozog‘istonning "Tengrinews", "Massaget", "Vesti", "Juldiz FM", "Tengri FM" va boshqa ko‘plab yetakchi ommaviy axborot vositalarini birlashtirgan "Alash Media Group" xoldingining asoschisi va bosh direktori Zaure Kazibayeva bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.