“Oʻzcharmsanoat” uyushmasida Turkiyaning “ CASHM BARLAS” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Investorlar bilan uchrashuvda poyabzal mahsulotlarini ishlab chiqarishga qaratilgan yangi invest loyihani amalga oshirish masalasi muhokama etildi.
“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi raisi vazifasini bajaruvchi Farhod Nurmuxamedov “Kuangda Technology Group” vitse-prezidenti Gong Xudong boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi raisi vazifasini bajaruvchi Ф.Нурмухамедов Pokiston Islom Respublikasining “Leading edge alliance” kompaniyasi rahbari, Oʻzbekistonning Pokistondagi bosh konsulligi faxriy konsuli Najeyeb Mushtaq Vohra boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv oʻtkazdi.
“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi raisi Faxriddin Boboyev Turkiyaning “Layki” kompaniyasi rahbari bilan uchrashuv oʻtkazdi. Muloqotda turk brendi va Oʻzbekiston korxonalari hamkorligida “Layki” brendi ostida poyabzal mahsulotlari, poyabzal tagliklari, yelim xom ashyosini ishlab chiqarishga qaratilgan loyihani amalga oshirishning istiqbollari koʻrib chiqildi.
“Oʻzcharmsanoat” uyushmasida “Kuangda Technology Group” huzuridagi “Kuangda auto parts” MCHJning bosh direktori bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Muloqotda kompaniya tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan investitsiya loyihasi doirasida sunniy charm ishlab chiqarish korxonasini ishga tushirishning istiqbollari koʻrib chiqildi.
“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi raisi Faxriddin Boboyev MTO gaz-kimyo majmuasi bosh direktori Masrur Shakirov bilan uchrashuv oʻtkazdi.
“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi raisi Faxriddin Boboyev Turkiyaning “El Taban” va Oʻzbekistonning “San+One” kompaniyasi rahbarlari Soner Ergul va Shuhrat Toʻychiyev bilan uchrashdi.
Bugun “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi raisi Faxriddin Boboyev Rossiya Federatsiyasi bojxona xizmatining Oʻzbekiston Respublikasidagi vakili Andrey Gennadyevich Zaysev bilan uchrashdi.
Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida boʻlib oʻtayotgan “Fashion Style Russia” xalqaro koʻrgazmasi doirasida “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi delegatsiyasi turli idora va birlashmalar, tadqiqot markazlari bilan ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish maqsadida muloqot va muzokaralar oʻtkazishda davom etyapti.
Moskva shahrida joriy yil 19-22-fevral kunlari charm, poyabzal, kiyimlar va charm-attorlik mahsulotlarining namoyishi sanalgan “Fashion Style Russia” xalqaro koʻrgazmasi boʻlib oʻtyapti.