Buxoro davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Maʼmurov boshchiligidagi jamoa Al-Forobiy nomidagi Qozogʻiston milliy universitetida boʻlishib, universitetda yaratilgan shart-sharoitlar, oʻquv ishlarining yoʻlga qoʻyilishi, ish jarayonini tizimli tashkil etish, shuningdek, laboratoriya xonalari bilan tanishishdi.

Ikki oliygoh oʻrtasida aloqalarni mustahkamlash maqsadida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Shuningdek, Bahodir Maʼmurov Oʻzbekiston, Turkiya, Qirgʻiziston, Ozarbayjon, Turkmanistondan 200 dan ortiq olim va ekspert ekologlar, taniqli geograflar, oʻqituvchilar va yosh tadqiqotchilar qatnashgan Turk dunyosi geograflarining II xalqaro kongressida ishtirok etdi.

Kongress doirasida Buxoro davlat pedagogika instituti va Al-Forobiy nomidagi Al-Forobiy nomidagi Qozogʻiston milliy universiteti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Kelishuv doirasida ikki tomon ijtimoiy, gumanitar va tabiiy fanlar sohasida qoʻshma loyihalarni amalga oshiradi.


Hamkorlik materiali