Nizom oʻz faoliyatida chiqindilar hosil boʻlishini kamaytirishda tashabbus koʻrsatgan tadbirkorlar oʻrtasida “Eng namunali yashil turizm obyekti“ tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.

Turizm qoʻmitasi har yili 1-iyulgacha tanlovni oʻtkazish haqida oʻz rasmiy sahifalarida eʼlon beradi.

Tanlov har yili sentyabr — noyabr oylarida quyidagi bosqichlarda oʻtkaziladi:

  • hududiy saralash bosqichi – Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida;
  • respublika yakuniy bosqichi — hududiy saralash bosqichlari gʻoliblari oʻrtasida respublika miqyosida.

Respublika bosqichi gʻoliblari quyidagi miqdorlarda bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti bilan taqdirlanadi:

  • 1-oʻrin — BHMning 150 baravari;
  • 2-oʻrin — BHMning 100 baravari;
  • 3-oʻrin — BHMning 50 baravari.