“Oʻzgidromet“ agentligining xabar berishicha, dam olish kunlari faqat respublikaning eng chekka janubida dam olishi kunlari havo baʼzi joylarda 39-41 darajagacha isiydi.

Shanba kuni Oʻzbekiston boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha, shimolda va choʻl hududlarda baʼzida 20-22 m/s gacha kuchayadi. Yakshanba kuni esa faqat Toshkent viloyatining togʻli hududlarida va Fargʻona vodiysida shamol kuchayishi kutilmoqda. Respublikaning ayrim joylarida shamolning kuchayishi chang-toʻzonlar bilan qayd etiladi.

Toshkentda: havo bulutsiz boʻladi. Harorat asosan kechalari 21-23 daraja, kunduz kunlari 34-37 daraja boʻladi.