“Oʻzgidromet“ agentligining xabar berishicha, bu may oyi boshi uchun kuzatilgan iqlim meʼyoridan sezilarli darajada yuqoridir. Bunday harorat yoz mavsumi uchun koʻproq xosdir.

8-maydan haroratning biroz pasayishi boshlanadi va 9-may kuni harorat 27-32 darajani tashkil etadi. Shu kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha baʼzi joylarda, 9-mayda markaziy va sharqiy viloyatlarda ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

5-7-mayda shimolda va choʻl hududlarda , 8-9-mayda respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda shamol tezligi 20-22 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkentda 5-8-may kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan 33-36 daraja, 7-mayda 36-38 daraja boʻladi. 9-mayda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Harorat 27-30 darajagacha pasayadi.