Unda Qonunchilik palatasi deputatlari, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi va media sohasi ekspertlari, OAV vakillari ishtirok etdi.

Davra suhbatida tadbirda ishtirok etgan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi vakillari tomonidan qator davlat va jamoat tashkilotlari, media-sohasi ekspertlari ishtirokida sohani tartibga soluvchi toʻgʻridan toʻgʻri amal qiladigan yaxlit qonun loyihasi ishlab chiqilganligi maʼlum qilindi.

Loyihaning maqsadi – fuqarolarning onlayn-platformalar va veb-saytlardan foydalanish sohasidagi huquqlarini qonun darajasida belgilash, ularni yolgʻon axborot, nafrat uygʻotuvchi, zoʻravonlik va shafqatsizlikni targʻib qiluvchi noqonuniy kontentlardan himoya qilishdan iborat.

Unda onlayn-platformalar sohasidagi amaldagi qonunchilik sezilarli liberallashtirilib, tartibga solishdagi mavjud boʻshliqlarni bartaraf etishga qaratilgan qator normalar nazarda tutilgan.

Maʼlum qilinishicha, qonun loyihasida inflyuyenser va blogerlar masʼuliyati ajratilib, blogerlar majburiyatlari sezilarli yengillashtirilmoqda.

Davra suhbatida loyiha bilan kiritilayotgan yangi huquqiy institutlar batafsil koʻrib chiqildi va uni jamoatchilik muhokamasi qoʻyish toʻgʻrisida xulosaga kelindi.