Unga koʻra, shu yilning 12-16-may kunlari Oʻzbekiston boʻyicha quruq va asosan kam bulutli ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Faqat ayrim togʻli hududlarda 12-13-may kunlari qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

Bugun kunduzi havo harorati 32-35 daraja atrofida, shimolda, janubda va choʻl hududlarda 37-39 darajagacha boʻladi. Ertadan boshlab respublika hududiga issiq havo kirib kelishi kuchayadi.

Havo harorati asta-sekin koʻtarilishi kutilmoqda va ish haftasining oxiriga kelib, kunduz kunlari havo 37-40 darajagacha, baʼzi joylarda 41-42 darajagacha isiydi. Shimolda va choʻl hududlarda baʼzi joylarda shamol tezligi 15-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkentda havo kam bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Bugun kunduzi harorat 33-35 daraja, 3-14-mayda 35-38 daraja, 15-16-mayda 38-41 daraja boʻladi. Kechalari harorat 19-21 darajadan 23-25 darajagacha koʻtariladi.