Qayd etilishicha, ushbu miqdordagi palovni pishirish uchun eng kam xarajat qilinadigan hudud Qoraqalpogʻiston (98 728 soʻm) boʻlsa, eng qimmati Toshkent shahridir (117 694 soʻm).

Quyida mazkur narxlar hududlar kesimida:

  • Qoraqalpogʻiston R. – 98 728 soʻm;
  • Andijon viloyati – 105 602 soʻm;
  • Buxoro viloyati – 108 499 soʻm;
  • Jizzax viloyati – 110 184 soʻm;
  • Qashqadaryo viloyati – 111 700 soʻm;
  • Navoiy viloyati – 110 044 soʻm;
  • Namangan viloyati – 109 119 soʻm;
  • Samarqand viloyati – 113 470 soʻm;
  • Surxondaryo viloyati – 111 276 soʻm;
  • Sirdaryo viloyati – 105 751 soʻm;
  • Toshkent viloyati – 113 678 soʻm;
  • Fargʻona viloyati – 115 034 soʻm;
  • Xorazm viloyati – 106 585 soʻm;
  • Toshkent shahri – 117 694 soʻm.

Bir kilogramm palov uchun kerakli mahsulotlar:

  • kungaboqar yogʻi – 0,3 l;
  • piyoz – 300 gr;
  • mol goʻshti – 700 gr;
  • sabzi – 1 kg;
  • guruch – 1 kg;
  • noʻxat – 100 gr;
  • zira – 10 gr;
  • osh tuzi – 20 gr.

Taʼkidlash joiz, yuqoridagi raqamlar hududlarda sotilayotgan bir kilogramm palovning narxiga toʻgʻri kelmaydi. Ularda palov tayyorlash va boshqa xizmatlar haqi ham qoʻshib hisoblanadi.