Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda elektr taʼminoti korxonasi mutaxassislari bilan hamkorlikda Urganch tumanidagi joylashgan “S.” MCHJning binosida mayning qurilmalaridan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Xususan, fuqaro O.O. ga tegishli umumiy isteʻmol quvvati 228,8 kVtni tashkil etadigan mayning qurilmalari elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulangan.
Holat boʻyicha Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-sonli qarorining 1-ilovasi elektr energiyasidan foydalanish qoidalari talablarini buzganligi boʻyicha dalolatnoma rasmiylashtirilib, dastlabki hisob-kitoblarga koʻra davlat manfaatlariga 1 mlrd 60 mln 205 ming soʻm zarar yetkazilganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.