Qashqadaryo — qadimiy maskan. Bu ko'hna tuproq o'z boshidan juda ko'p tarixiy voqea va hodisalarni kechirgan. U ulug' shoirlar, allomalar, qolaversa, sohibqiron Amir Temur vatani.
Qashqadaryo bugun chinakam tadbirkorlar va sanoat maskaniga aylanmoqda. Bu erda 3 million 300 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Voha yildan yilga o'z mavqei va salohiyatini tiklab bormoqda. Buni bugun bog'-rog'lar, ravon yo'llar, yo'l chetidagi katta-kichik savdo do'konlari, tuman va shaharlarda qad rostlayotgan korxonalar misolida yaqqol ko'rish, sezish mumkin.
Viloyat sanoati izchil rivoj topmoqda
Bunda engil sanoat, xususan, to'qimachilik salmoqli o'rin tutadi. Bu, albatta, bejiz emas. Chunki to'qimachilik mahsulotlariga nafaqat mamlakatimiz, balki xorijda ham talab yuqori. Ana shu talab va ehtiyojdan kelib chiqib, o'tgan yil oktyabr` oyida Shahrisabz tumanida sintetik aralashmali ip va mato ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Oqsaroy Vortex” korxonasi ish boshladi.
Korxona sun'iy va tabiiy toladan bir yilda 3 ming tonna kalava ip, 5,5 ming tonna sun'iy tolali ip, 3,5 ming tonna trikotaj mato ishlab chiqarish quvvatiga ega. eksport hajmi 7 million dollarni tashkil etadi. Loyiha qiymati — 15 million dollar.
Tabiiy sanalgan paxta tolasidan tayyorlangan mahsulotlar nafaqat yurtimiz, balki dunyo bozorida ham xaridorgir. Ammo unga talab mavsumiy bo'lib, sun'iy matolarga yilning to'rt faslida ham ehtiyoj bor. Shu bois, korxonada viskoza va poliester kabi sun'iy toladan mato ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi.
O'zbekistonda shu paytgacha bunday gazlama tayyorlanmagan. “Oqsaroy Vortex” korxonasi yurtimizda bu ishga birinchi bo'lib kirishdi. Korxona mavsumiy emas, yil davomida ishlaydi, faqat importga qaram bo'lib qolmaydi.
— Viskoza tabiiy tsellyuloza k imyoviy usulda qayta ishlanganidan so'ng olinadigan sun'iy tola sanaladi. U deyarli har bir o'simlik tarkibida uchraydi, — deydi “Oqsaroy Vortex” mas'uliyati cheklangan jamiyati direktori Dilshod Qosimov. — Biroq u, asosan, daraxt qipig'idan olinadi. Viskozadan to'qilgan gazlamani bo'yash oson, gigiena talablariga javob beradi, xomashyosi ham nisbatan arzon. Unga paxta va poliester qo'shilib, turli-tuman gazlamalar tayyorlanadi. Viskozadan tikilgan kiyim yumshoqligi, momiqligi, salqin tutishi, suvga chidamliligi bilan ajralib turadi. SHu bois, undan tikilgan mahsulotning bozori chaqqon. Buyurtmani oldindan olamiz. Mijozlarimiz etarli.
Korxonada ayni paytda 20 rangda sun'iy mato ishlab chiqarilyapti. Bir sutkada 20 tonnagacha mahsulot tayyorlanadi. Ish uch smenada tashkil etilgan. YAponiyaning “Murata” kompaniyasi zamonaviy to'qimachilik texnologiyalari ish unumdorligi oshishida muhim omil bo'lyapti. U bir qator afzalliklarga ega. Ushbu texnologiya vositasida kalava ip to'qilayotganda tola markazlashgan aerodinamik havo bosimi orqali o'tadi. Natijada ip yanada mayinlashadi, sifati oshadi.
— To'quv dastgohlari, asosan, Germaniya va Yaponiyadan olib kelingan, ular eng zamonaviy dastgohlar sirasiga kiradi, — deydi Turkiyadan jalb qilingan texnolog Adimbey Jeyxan. — Bir daqiqada 500 metr ipni o'ray oladi. Bunday tezlikda ishlaydigan dastgohlar hali MDH mamlakatlarida yo'q. Rossiyalik tadbirkorlar nafaqat mahsulotlarimiz, balki dastgohlarimizga ham qiziqmoqda.
— Ish so'rab mahallaga murojaat qilgandim, meni shu korxonaga tavsiya etishdi, — deydi Nodira Kenjaeva. — Ishli bo'lganimdan va shu korxonada ishlayotganimdan juda xursandman. Ishni asosan texnika boshqaradi. Biz esa uni kuzatamiz, mahsulot sifatiga e'tibor qaratamiz.
Davlatimiz rahbari o'tgan yilning 12-13 noyabr` kunlari Qashqadaryo viloyat iga tashrifi chog'ida “Oqsaroy Vortex” mas'uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan ham tanishgan, viloyatning boshqa tumanlarida ham shunday to'qimachilik korxonalarini tashkil etish bo'yicha ko'rsatma bergan edi. Ana shu topshiriqqa asosan, joriy yilda ushbu korxona yonida yana bitta to'qimachilik fabrikasini barpo etish, kalava ip va trikotaj mato ishlab chiqarishni kengaytirish rejalashtirilgan. U bir yilda 7 ming tonna kalava ip, 2,1 ming tonna trikotaj mato ishlab chiqarish quvvatiga ega bo'ladi. 700 ta yangi ish o'rni yaratiladi. Shuningdek, joriy yilda paxtani qayta ishlash zavodini ishga tushirish ham ko'zda tutilgan. Unda 600 ga yaqin yangi ish o'rni ochiladi.
Bundan tashqari, viloyatning Yakkabog' va Qamashi tumanlarida ham to'qimachilik korxonasi barpo etishga tayyorgarlik ko'rilmoqda. Shahri sabz, Yakkabog' va Qamashi tumanlarida paxta klasterlari tashkil etilgan. Fermer xo'jaliklarida etishtirilgan paxta shu erning o'zida qayta ishlanadi.
Xitoylik investorlar ham fabrika, ham zavod qurishyapti
“LT Textile International” korxonasi to'liq xitoylik investorlar mablag'i evaziga bunyod etilgan. Uning birinchi bosqichi 2017 yil iyul` oyida foydalanishga topshirildi.
Ushbu loyiha qiymati — 100 million dollar. Uning ilk bosqichida paxta tolasi qayta ishlanib, kalava ip tayyorlanyapti. Bir yilda 22 ming tonna kalava ip ishlab chiqarish quvvatiga ega. Fabr ika maydoni 64 ming kvadrat metrni tashkil etadi. Boshqa tumanlardan kelib ishlaydiganlar uchun 500 o'rinli yotoqxona qurildi.
Fabrikada kuniga o'rtacha 55 tonna mahsulot ishlab chiqariladi. Jami 630 nafar xodim mehnat qiladi. Shundan 32 nafari xitoylik mutaxassislar. Ayni paytda mahalliy aholidan ikkinchi fabrika uchun mutaxassislar tayyorlanyapti.
2019 yildan buyon kalava ip ishlab chiqaradigan yana bir fabrika qurilyapti. Bu erda hozir dastgohlar o'rnatilmoqda. Uni joriy yilning iyun` oyida ishga tushirish mo'ljallangan.
— Loyihaning ikkinchi bosqichi ip yigirish va to'qish fabrikasini o'z ichiga oladi, — deydi korxona bosh direktori Chen Ji. — Yigirish fabrikasida bir yilda 22 ming tonna kalava ip tayyorlanadi. To'qish fabrikasi esa 13 million metr gazlama ishlab chiqarish quvvatiga ega. Bir yilda 92 million AQSH dollari miqdorida mahsulot ishlab chiqarish ko'zda tutilmoqda.
Korxonada Germaniya va SHveytsariya dan keltirilgan zamonaviy, energiya tejaydigan to'qimachilik dastgohlari o'rnatilgan. Paxtani titish, qayta tozalash va tarash, yigirish va o'rash liniyalari ishga tushirilgan.
— Uchinchi fabrikani joriy yilning oxirigacha ishga tushirishni mo'ljallaganmiz, — deydi ishlab chiqarish tsexi boshlig'i Lyu Meng. — U asosan gazlama ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Fab rikalarimiz aslida o'tgan yili ishga tushishi kerak edi. Pandemiya tufayli rejamiz orqaga surildi. Uchinchi fabrika ishga tushishi bilan 300 ga yaqin ishchi o'rni yaratiladi. Qashqadaryoda etishtiriladigan paxta tolasi toza va sifatli. Shu bois, undan tayyorlanadigan mahsulot jahon standarti talablariga javob beradi.
Korxona ishchilari, asosan, 20-35 yoshdagi mahalliy yoshlardan iborat. Fabrika mahsulotining asosiy qismi eksportga mo'ljallangan. Ayni paytda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning 90 foizdan ko'prog'i 16 mamlakatga eksport qilinmoqda.
Xitoylik mutaxassislar ishchilarga zamonaviy dastgohlarda ishlashni o'rgatishyapti. Bundan tashqari, 60 ga yaqin mahalliy mutaxassis Xitoyda kasb mahoratini oshirib qaytdi.
— Xitoyda ham o'qidik, ham ish o'rgandik. Uch yarim oy korporatsiyaga qarashli korxonalarda zamonaviy dastgohlarda ishlashni o'zlashtirdik, — deydi korxona ishchisi Anvar Niyozov. — Xitoyda har bir ishchi o'z ishini sifatli va mukammal bajarishga intiladi. Zimmasidagi mas'uliyatni chuqur his qiladi. Bu, o'z navbatida, ishlab chiqarish rivojiga ta'sir etadi. Ishchiga ishining sifatiga qarab haq to'lanadi. Mahsulotning sifatli bo'lishi juda muhim. Yangi kelgan xodimga xatosiz ishlash, e'tiborli va talabchan bo'lish, xavfsizlik va tartib-intizomga rioya qilish o'rgatiladi.
Xorijiy investorlar ishtirokida tashkil etilayotgan bunday korxonalar mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirish, aholi bandligini ta'minlashda muhim omil bo'lmoqda.
Kichik sanoat zonalari — yosh tadbirkorlar maskani
Davlatimiz rahbari O'zbekiston yoshlari forumida erkin iqtisodiy zonalar bo'yicha to'plangan tajriba asosida hududlarda yoshlar kichik sanoat zonalarini tashkil etish, unda yoshlarning biznes loyihalarini joylashtirish haqida gapirgan edi.
Ana shunga asosan, Qarshi shahridagi “Xontepa” mahallasi hududida yoshlar kichik sanoat zonasi tashkil etildi. Umumiy maydoni 2 gektar bo'lib, 20 ta lotga ajratilgan. Unda 18 nafar yigit-qiz umumiy qiymati 20 milliard 372 million so'mlik biznes loyihasi bilan ishtirok etmoqda. Buning natijasida “YOshlar daftari”ga kirgan yigit-qizlar uchun 320 ta yangi ish o'rni yaratilishi rejalashtirilgan.
Ushbu kichik zonada engil sanoat mahsulotlari, metallni qayta ishlash, qurilish materiallari, turli texnik jihozlar, mebel` ishlab chiqarish, oynaga ishlov berish kabi bir qator faoliyat yo'lga qo'yiladi.
— O'zimning sarmoyam bor edi. SHunga mos biznes reja tuzdim, ammo uni amalga oshirish uchun joy topolmay yurgandim. YOrdam so'rab YOshlar ishlari agentligiga murojaat qildim. Ular sanoat zonasidan 400 metr kvadrat joy ajratib berishdi, — deydi “Taraqqiyot hamkor qurilish” MCHJ direktori Farhod Kichkinaev. — Natijada zamonaviy MDF eshiklar, oshxona, yotoqxona va ofis uchun mebellar, yog'ochdan stolstul ishlab chiqarishni yo'lga qo'ydik. Loyiha qiymati 1 milliard so'mni tashkil etadi. Hozir 15 nafar yoshni ishga oldim. Yana shuncha yangi ish o'rni yaratish niyatidaman.
Davlatimiz rahbari yoshlar forumida ijtimoiy so'rovlar aksariyat yoshlarimizda ijobiy motivatsiya, biznes va tadbirkorlik sohasida zarur bilim va malaka etishmasligini ko'rsatgani, demak, ularda tadbirkorlik ko'nikmalarini shakllantirishga e'tiborni yanada kuchaytirish lozimligini alohida ta'kidlagandi.
Shundan kelib chiqqan holda viloyatda yoshlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlik ko'nikmalariga o'qitish yo'lga qo'yildi. Yosh tadbirkor Farhod ham O'zbekiston savdo-sanoat palatasi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi huzuridagi “Exclusive education and business” o'quv markazida tahsil oldi.
— Sidqidildan va halol mehnat qilgan odam o'z maqsadiga, albatta, erishadi, — deydi Farhod. — Mebellarimizga talab va ehtiyoj yuqori. Mahsulotlarimiz viloyatdagi har bir oila va xonadonga kirib borishini niyat qilganmiz. Kelgusida Xitoydan yangi dastgohlar olib kelishni, bir yillik daromadimizni 10 milliard so'mga etkazishni rejalashtirganmiz.
Prezidentimizning 2020 yil 1213 noyabr` kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chog'ida tadbirkorlikni rivojl antirish asosiy yo'nalish sifatida belgilandi.
Davlatimiz rahbarining: “Viloyatda yoshlar bilan ishlash bo'yicha yangi tizim joriy etiladi. Hokimlar har haftada bir kunni yoshlar bilan ishlash kuni deb e'lon qilib, ularning muammolari bilan shug'ullanadi”, degan topshirig'i bugun Qashqadaryoda o'z natijasini bermoqda.
Risolat MADIEVA,
“Yangi O'zbekiston” muxbiri