Asosiy eʼtibor, Oʻzbekistondan Qatarga ishchi kuchini jalb etish, ularni tayyorlash va uyushgan tarzda yuborish masalalariga qaratildi.
2023-yil 6-iyunda Samarqand shahrida ikki davlat Hukumatlari oʻrtasida “Qatar Davlati hududida ishchi kuchi bandligini tartibga solish toʻgʻrisida”gi bitim imzolangan. Uchrashuvda ushbu bitimni hayotga tatbiq etish mexanizmlariga toʻxtalib oʻtildi.
Qatar davlat Mehnat vazirining taʼkidlashicha, ushbu mamlakatda ayni vaqtda tibbiyot, taʼlim, IT, mahsulotlarni sanoat usulida qayta ishlash, mehmonxona xizmati va OAV sohalarida xorijlik ishchi kuchiga talab yuqori. Ushbu davlatda ishlash istagida boʻlganlarni qiynayotgan eng katta masala bu til toʻsigʻi ekanligi aytib oʻtildi. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev ushbu muammoni yechish boʻyicha shu yerdagi mavjud tajribadan kelib chiqib ishchi kuchini maqsadli tayyorlash boʻyicha oʻz takliflarini berdi.
Qatar davlat Mehnat vaziri Janob Ali bin Samih al-Marri xorijdan borib ishlovchilarning huquqlari davlat tomonidan mustahkam himoya qilinishi, ayni maqsad va koʻrsatkichlar 2008-yilda tasdiqlangan “Qatar Vision – 2030” dasturida ham oʻz aksini topganligini maʼlum qildi. Shuningdek, xorijlik ishchilarning ijtimoiy himoyasi, tibbiy sugʻurtasi, oylik, transport va yashash joylari xarajatlarini ish beruvchi tomonidan toʻliq qoplash yoʻlga qoʻyilganligini, hamda chetdan borib ishlovchi ayollar huquqlarini himoya qilish boʻyicha qoʻmita tashkil etilganligini aytib oʻtdi.
Uchrashuvda qayd etilganidek, ikki davlat vazirliklari oʻrtasida qoʻshma komissiya tuzilib, uning navbatdagi yigʻilishi Qatarda oʻtkaziladi va unda hamkorlikni yanada rivojlantirishga oid bitim imzolanishi rejalashtirilyapti, deb xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.
Qatar davlat Mehnat vaziri Janob Ali bin Samih al-Marri xorijdan borib ishlovchilarning huquqlari davlat tomonidan mustahkam himoya qilinishi, ayni maqsad va koʻrsatkichlar 2008-yilda tasdiqlangan “Qatar Vision – 2030” dasturida ham oʻz aksini topganligini maʼlum qildi. Shuningdek, xorijlik ishchilarning ijtimoiy himoyasi, tibbiy sugʻurtasi, oylik, transport va yashash joylari xarajatlarini ish beruvchi tomonidan toʻliq qoplash yoʻlga qoʻyilganligini, hamda chetdan borib ishlovchi ayollar huquqlarini himoya qilish boʻyicha qoʻmita tashkil etilganligini aytib oʻtdi.
Uchrashuvda qayd etilganidek, ikki davlat vazirliklari oʻrtasida qoʻshma komissiya tuzilib, uning navbatdagi yigʻilishi Qatarda oʻtkaziladi va unda hamkorlikni yanada rivojlantirishga oid bitim imzolanishi rejalashtirilmoqda.