Kimlarga shartsiz 300 million soʻm kredit berilishi maʼlum qilindi
Prezident yangi imkoniyatlar va rejalarni belgilab berdi.
Bugungi yigʻilishga tayyorgarlik doirasida 2025-yilda 5 milliondan ziyod aholini daromadli qilish, 1,5 million odamni kambagʻallikdan chiqarish mahallabay hisob-kitob qilingan.
Prezident raisligida mahallalarda kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha qilingan ishlar sarhisobi va 2025-yil uchun ustuvor vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boshlandi.