- O'zbekiston tashabbusi bilan mazkur mintaqaviy tashkilotning nomi “Turkiy davlatlar tashkiloti”ga o'zgartirilgani va uning birinchi sammiti qadimiy Samarqand shahrida o'tkazilgani xalqaro hamjamiyatda mamlakatingizning o'ziga xos o'rni va nufuzi borligini tasdiqlaydi.
Butun dunyoga ilm-ma'rifat tarqatgan, O'zbekistonning qo'hna shahri - Samarqandning “Turkiy tsivilizatsiya poytaxti”, deb e'lon qilinishi esa bu yurtning tarixiy madaniy merosi dunyo davlatlari tomonidan e'tirof etilganini bildiradi.
O'zbekistonning Turkiy madaniyat xalqaro tashkilotiga a'zo bo'lgani hamda “100 jildli “Turkiy adabiyot durdonalari” to'plamining o'zbek tilida nashr etilgani meni behad quvontirdi. O'zbekistonning mana shunday sa'y-harakatlarini, jumladan, O'zbekiston Prezidenti tomonidan bildirilgan Turkiy xalqlar madaniyati festivalini o'tkazish tashabbusini yuqori baholayman.
Shuningdek, O'zbekiston tashabbusi bilan kelgusi yilda “Turkiy dunyo yoshlarining ilm va innovatsiyalar xalqaro Kongressi”ning o'tkazilishi ham TDT davlatlaridagi etakchi va iqtidorli yosh avlod vakillari uchun qulay imkoniyatlarni yaratadi.
Davlatlar o'rtasidagi madaniy aloqalarning rivoji har doim siyosiy va savdo-iqtisodiy hamkorlikning mustahkamlanishiga xizmat qilgan. O'zbekiston tashabbusi bilan TDT doirasida “2023-yil Turkiy tsivilizatsiyaning yuksalish yili”, deb e'lon qilinishi butun dunyo mutaxassislarning e'tiborini jalb etdi, desam aslo mubolag'a bo'lmaydi.
Umuman olganda, so'nggi yillarda O'zbekistonning nafaqat Turkiy davlatlar tashkilotida, balki boshqa xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, xususan, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvi, Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti hamda Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo'yicha kengashining
sammiti doirasida ham faol bo'layotganini kuzatish mumkin. Bu esa O'zbekistonning ochiq, shaffof va oqilona tashqi siyosat olib borayotganidan dalolat beradi.