1-iyuldan pasport va boshqa ayrim hujjatlarning elektron shakli ham rasman tan olinadi
Shu yilning 1-iyul sanasidan boshlab shaxsni tasdiqlovchi va boshqa hujjatlarning elektron shakli rasman tan olinadi. Ularning qogʻoz nusxalari banklarda, notarial idoralarda, aeroport, vokzal kabi tegishli hujjatlarni soʻraydigan tashkilotlarda talab etilmaydi.