Monitoring natijasida 1014 ta holatda manfaatlar toʻqnashuvi (shundan 929 ta ehtimoliy va 85 ta real) aniqlanib, shundan 966 tasi (881 tasi ehtimoliy va 85 ta real) boʻyicha holatlar Odob-axloq komissiyasiga koʻrib chiqish uchun kiritildi.
Navoiy shahridagi “Farhod” madaniyat saroyida “NKMK” AJ ayollar Kengashi va “Oila” ilmiy, ijtimoiy va gumanitar tashabbuslar Markazi nodavlat notijorat tashkiloti hamkorligida kombinat xotin-qizlari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Navoiy kon-metallurgiya kombinatida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan olinadigan elektr energiyasi hajmi yildan yilga ortib bormoqda. “Yashil energetika” korxonalarda amaldagi energiya manbalariga qoʻshimcha quvvat ishlab chiqarishni taʼminlamoqda.
Mamlakatimiz kino sohasi vakillaridan tashkil topgan Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi delegatsiyasi 7-noyabr kuni Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga tashrif buyurdi.
“Navoiyuran” davlat korxonasining asosiy faoliyat turlaridan biri geologiya-qidiruv ishlarini olib borish orqali yangi istiqbolli uran konlarini izlab topish va zaxiralarni oshirishdan iborat.
Navoiy kon-metallurgiya kombinatida ishchi-xodimlar va ularning oila aʼzolari hamda pensionerlarni ijtimoiy himoyalashga alohida eʼtibor beriladi.
Soʻnggi yillarda Navoiy kon-metallurgiya kombinati tomonidan bunyod etilgan gidrometallurgiya zavodlarining aksariyati Qizilqum kengliklarida joylashgan. Xususan, kombinat mutaxassislari tomonidan barpo etilgan 7-gidrometallurgiya zavodi – texnogen chiqindilarni qayta ishlaydigan yirik sanoat majmuasidir.
Navoiy kon-metallurgiya kombinatida oltin maʼdan qazib olish jarayonida burgʻilash uskunalari, ekskavatorlar, kon avtoagʻdargichlari va yoʻl qurilish mashinalaridan keng foydalaniladi.
Bugun kombinatda investitsiya loyihalari, qurilish-bunyodkorlik ishlari koʻlami yildan-yilga rivoj topib bormoqda. Keyingi yillarda barpo etilgan zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari, temir yoʻl liniyalari, ijtimoiy soha obyektlari qurilish industriyasining haqiqiy namunasi sifatida eʼtirof etish mumkin.
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati har biri 500 million AQSH dollari boʻlgan, umumiy qiymati 1 milliard AQSH dollariga teng 4 va 7-yillik muddatli ikki transhli har biri mos tarzda 6,7 va 6,95 foiz daromadli ilk xalqaro obligatsiyalarni joylashtirish shartlarini eʼlon qiladi.