Rossiyada qurg'oqchilikka qarshi kurashishning yangi usuli kashf etildi. Endi mamlakat kompaniyalari tuproqqa bioko'mir va mikroblar qo'shish orqali kimyoviy moddalar va suv tannarxini 25 foizga arzonlashtira oladi.
“Yuma Green” MCHj tomonidan dorivor o‘simliklar ekstraktlari asosida biologik faol moddalar substansiyalarini olishning ilmiy laboratoriya bazasini yaratilib, 2022 yil iyun oyidan mahsulot ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi. Korxona yiliga 2000 tonna dorivor o‘simliklarni qayta ishlash imkoniyatiga ega.
Ma'lumki, g‘o‘zaning zarakunanda hasharotlari iyul' oyida ommaviy ko‘payadi. Shu sababli O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tizimida g‘o‘za zararkunandalariga qarshi kurash bo‘yicha 1–30 iyul kunlari “Dolzarb o‘ttiz kunlik” e'lon qilindi.
“Oʻsimliklar karantini va himoyasi toʻgʻrisidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun muhokama qilindi.
Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligiga Xalqaro moliya tashkiloti (IFC) delegatsiyasi tashrif buyurdi.
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligiga tashrif buyurgan Butunrossiya o‘simliklar karantini ilmiy-tadqiqot instituti federal davlat budjet tashkiloti (FGBU «VNIIKR») vakillaridan iborat delegatsiya Samarqand viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Maʼlumki, 2018-yilda Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi hamda Rossiya Federatsiyasining “VNIIKR” Butunrossiya oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot instituti oʻrtasida hamkorlik kelishuvi imzolangan edi.
Oliy Majlis Senatining yigirma birinchi yalpi majlisida “Oʻsimliklar karantini va himoyasi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni muhokama qilindi.
Respublika Fanlar akademiyasi Botanika instituti olimlari tomonidan dukkakdoshlar oilasi tanga oʻt turkumiga mansub yangi oʻsimlik turi kashf etildi.
Toshkent shahar Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi inspektorlari tomonidan Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti orqali xorijiy davlatlardan mamlakatimizga urugʻliklar, ekish materiallari, mevalar va boshqa karantin ostidagi mahsulotlarni olib kelish bilan bogʻliq bir nechta qonunbuzarlik holatlari aniqlandi.