Yana bir yangilik – Oqdaryo, Payariq, Pastdargʻom, Toyloq va Samarqand tumanidagi 17,5 ming gektar hudud Samarqand shahriga qoʻshib beriladi. Buning hisobiga Samarqand shahri aholisi 604 mingdan 882 mingga yetadi.
2025-yil 28-oktyabrda Adliya vazirligi “Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlari faoliyatining samaradorligini eng muhim koʻrsatkichlar (KPI) asosida baholash tartibi”ni davlat roʻyxatidan oʻtkazdi.
Prezident mahallalarda infratuzilmani yaxshilash masalalariga alohida eʼtibor qaratdi.
Prezident Farmoni bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tuman (shahar) hokimliklari boshqaruv xodimlari mehnatiga haq toʻlashning yangi tizimi joriy etiladi.
Toshkent shahar hokimligining maʼlum qilishicha, ilgari muqobil savdo joylarini tayyorlash zarurati tufayli toʻxtatilgan “Qoʻyliq“ bozori hududining bir qismini reorganizatsiya qilish va obodonlashtirish ishlari qayta tiklandi.
Toshkent shahar hokimligi aholiga ogohlantirish bilan chiqib, poytaxtda tozalikni saqlash uchun qatʼiy choralar koʻrilayotganini maʼlum qildi.
Bosh Prokuratura tomonidan Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida faoliyat yuritgan hokim yordamchisi fuqarolarning 635 mln soʻm kredit pullarini oʻzlashtirib, oʻz ehtiyojlariga ishlatib yuborgani haqida xabar berilgandi.
Uchrashuvda Shavkat Umurzakov Toshkentda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, shuningdek, yaratilgan qulay investitsiya muhiti haqida batafsil maʼlumot berdi. Xorijiy investorlarga taqdim etilayotgan sharoit va kafolatlarga alohida eʼtibor qaratildi, bu esa poytaxtni xalqaro hamkorlik uchun jozibador markazga aylantirayotgani taʼkidlandi.
Toshkent shahar hokimining qarori bilan yogʻingarchilikda suv toshqinlari bilan bogʻliq qurilish-taʼmirlash ishlari uchun “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasiga 6 mlrd soʻm yoʻnaltiriladi.
Joriy yil 9-oktyabrda Toshkent shahar hokimligida Berlin federal oʻlkasi Adliya va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish boʻyicha senatori Felor Badenberg bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.