Qayd etilishicha, shu yilning 9-iyun kuni soat 01:23 da Toshkent viloyati IIBB Qoʻriqlash boshqarmasiga Boʻstonliq tumani, Gʻazalkent shahridagi qoʻriqqa olingan savdo doʻkonidan signal tushgan.
Tezkor guruh xodimlari 3 daqiqa ichida voqea joyiga yetib borgan. Doʻkon ichidagi nomaʼlum shaxs qochishga uringan va qoʻlidagi pichoq orqali oʻzini jarohatlash bilan tahdid qilgan.
Xodimlar tomonidan koʻrilgan choralar natijasida Boʻstonliq tumanida yashovchi, 1991-yilda tugʻilgan (S.O.) shaxs quroldan zararsizlantirilib, qoʻlga olindi.