Oʻtkazgan tezkor tadbirda fuqaro M.I. fuqaro G.Ya.ning ishonchiga kirib, auksion savdolari orqali Fargʻona shahar, “Shodiyona” MFY hududidan savdo doʻkoni qurish uchun yer maydonini olib berib, goʻyoki qurilish inspeksiyasida ishlovchi tanishlari orqali qurilishga ruxsatnoma olib berishi evaziga 2 700 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.