Qayd etilishicha, Ellikqalʼa tumanida “Zarbdor“ tajribasi boʻyicha Oqchakoʻl boʻyida umumiy 73,4 mlrd. soʻm mablagʻ asosida turizm rekreatsion zonasini tashkil etish loyihasi amalga oshirilmoqda.

Loyiha doirasida koʻl boʻyiga toʻliq infratuzilma bilan taʼminlash orqali 3 ta mehmonxona, 18 ta mehmon uyi, 20 ta oʻtovlar, 2 ta restoran kabi turizm va xizmat koʻrsatish obyektlari joylashtiriladi. Loyiha ishga tushishi bilan 75 ish oʻrni yaratilishi belgilangan.